TGINSIGHT CHAT
Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
@uzb_ridp
EkonomiIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi www.uzrd.uz www.ridp.uz https://www.facebook.com/uzrd.uz Korrupsiya haqida xabar berish uchun @anticoruzrduz_bot
Postingan terbaru
Hal. 1 dari 85 · 1,014 postingan
Diposting 13 hari yang lalu
🟡Islom taraqqiyot banki vakillari bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🤝 Islom taraqqiyot bankining Olmaotadagi mintaqaviy xabi rahbari Ali Muhammad Xon boshchiligidagi missiya vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi. 🟡 Unda ITB vakillari bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi. “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalari respublikaning 7 ta viloyatida ayni vaqtda amalga oshirilayotgan boʻlib chekka hududdagi aholi yashash sharoitini yaxshilash, ularning ijtimoiy soha va infratuzilma yoʻnalishlarida imkoniyatlarini oshirish kabi maqsadlarni koʻzlagan. ⚙️ Tomonlar suhbat davomida hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli rejalarini atroflicha muhokama qildilar. Subloyihalarni qisqa muddatda va sifatli qilib amalga oshirishda qoʻshma loyihalardan olingan tajribalarni kelgusi faoliyatda qoʻllash, malakali kadrlarni tayyorlash, aholi bilan ishlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi. 🔗 Batafsil Рус | Eng 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 15 hari yang lalu
🏦 “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilish va rekonstruksiya obyektlari tender tanlovlarida ishtirok eting ⏺ Navoiy viloyati uchun ⏺Buxoro viloyati uchun 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 15 hari yang lalu
🤔“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasidagi olib borilayotgan ishlar oʻrganildi 🗺 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, qurilish jarayonlarini monitoring qilish hamda aholi fikr va takliflarini o‘rganish maqsadida Islom taraqqiyot banki vakillarining Xorazm viloyatiga safari boʻlib oʻtdi. 🗣 Unda ITBning loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassisi Alibek Kazangapov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihani amalga oshirish guruhi, BMT Taraqqiyot dasturi mutaxassislari, Urganch va Xonqa tumani hokimliklari vakillari hududlardagi loyiha obyektlarida boʻlishdi. ✍️ Urganch tumanining “Yuqoriovul”, “Hilol”, “Uyshin” “Merganovul” Xonqa tumanining “Doʻstlik” mahallalarida qurilishi yakunlangan ijtimoiy soha obyektlari hamda infratuzilma loyihalari bilan tanishildi. 🔗 Batafsil Рус | Eng 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 15 hari yang lalu
🗺 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan viloyati Pop tumanining “Chinor”, “Anhor” va “Yuksalish” mahallalarida ichki koʻchalarni asfaltlash ishlari amalga oshirildi. 🛣 Yangilangan koʻchalar aholi uchun qulay harakatlanishga sharoit, xavfsiz muhit va obod mahallani taʼminlaydi. 🔗Manba 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 17 hari yang lalu
✍️Islom taraqqiyot bankining loyihalarni o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan navbatdagi missiyasi ish boshladi 📺 ITB vakillarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari doirasidagi ishlarni o‘rganish, erishilgan natijalarni tahlil qilish hamda kelgusi vazifalarni belgilab olishga qaratilgan missiyasi boshlandi. ⚙️ Missiyaning birinchi kunida Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan loyihalarning bugungi holati, subloyihalardagi xarid jarayonlari, moliyaviy ko‘rsatkichlar hamda loyihalarni jadallashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. 🔄 Shu bilan birga, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ko‘makchi hamkor tashkilot BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan subloyihalarni amalga oshirishda tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar, mutaxassislarning aholi bilan ishlash tamoyillari, keyingi rejalari ham ko‘rib chiqildi. 🔗 Batafsil Рус | Eng 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 20 hari yang lalu
🟦Dehqonobod tumani: “Oydin yo‘l” mahallasida yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda 🗣 Islom taraqqiyoti banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha asosida tumandagi “O‘zbekiston” MFY hamda unga tutash “Paxtachi”, “Dehqonobod”, “Bo‘ston”, “Oydin yo‘l” va “Yashnobod” mahallalarida infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy sharoitlar yaratish va ijtimoiy obyektlarni barpo etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 📊 Xususan, “Oydin yo‘l” mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi, 10,5 km ichki yo‘llar, 3,4 km piyodalar yo‘lakchalari, tungi yoritgichlar va dam olish o‘rindiqlari barpo etilmoqda. Shuningdek, mahallada 2 ta yangi ko‘prik qurilishi ishlari ham olib borilmoqda. 🔗 Dehqonobod tumani hokimligi Axborot xizmati 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 22 hari yang lalu
🫥 Maktabgacha ta’lim muassasasi zamonaviy qiyofaga keltirilmoqda 🫥 “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi, ayniqsa yosh avlod uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda. 🗺 Jumladan, Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Andijon” mahallasi hududida joylashgan 22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlari orqali binoning ichki va tashqi qismi yangilanib, zamonaviy talablarga mos holga keltiriladi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratish maqsadida barcha zarur sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan. 🔗 Paxtaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 23 hari yang lalu
📱Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida atrof-muhit va ijtimoiy muhofaza talablari o‘rganildi 🗺 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi Buxoro viloyatining 5 ta tumanida amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda viloyatda loyiha doirasida 77 ta ijtimoiy soha obyektlarining rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari davom etmoqda. 😌 Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi tomonidan qurilish obyektlarida pudratchi tashkilotlar tomonidan atrof-muhit va ijtimoiy muhofaza talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Unda qurilish jarayonida ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya etilishi, subloyiha amalga oshirilayotgan hududga yaqin yashovchi aholining jarayondan shikoyat va murojaatlari mavjudligi o‘rganildi. 🔗 Batafsil Рус | Eng 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 23 hari yang lalu
📤“Uyg‘ur” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash jarayoni davom etmoqda ➡️ Namangan viloyati Pop tumanidagi “Uyg‘ur” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hudud qiyofasini tubdan yangilamoqda. Uzoq yillar aholini qiynab kelgan ichki yo‘llar bugun zamonaviy ko‘rinish kasb etyapti. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ evaziga mahalladagi 3,8 km ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda. 🔗 Manba 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 25 hari yang lalu
📹 “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro viloyati Shofirkon tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tayyorlangan reportaj 🔗O‘zbekiston 24 telekanali 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 27 hari yang lalu
🇺🇿 9-may – Xotira va qadrlash kuni 🤔 Aziz yurtdoshlar, Xotira va qadrlash kuni bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz. 🕊 Tinchlik va ozodlik yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan qahramonlar, muhtaram urush va mehnat fronti faxriylari xotirasi hamisha barhayot! 🤩Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Diposting 28 hari yang lalu
🟦Hazorasp tumani: “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida yo‘l qurilishi ishlari davom etmoqda 🗺 “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi yo‘l qurilish obyektlarida belgilangan ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. 💻 Loyihalarning umumiy shartnoma qiymati 11 mlrd 930 mln so‘mni tashkil etib, bugungi kunga qadar 6 mlrd 406 mln so‘mlik ishlar bajarildi. Bu umumiy rejaning 54 foiziga teng. Shuningdek, moliyalashtirish hisobiga 3 mlrd 578 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu 30 foizni tashkil qiladi. ⏺ Jumladan, Hazorasp tumani “Bog‘irog‘lar” MFYda 12,2 km ichki ko‘chalarni asfaltlash obyekti bo‘yicha shartnoma qiymati 4 mlrd 995 mln so‘mni tashkil etadi. ⏺ Shuningdek, tumandagi “Bo‘ston” MFYda 17,8 km ichki ko‘chalarni asfaltlash amalga oshirilib, obyektning shartnoma qiymati 6 mlrd 936 mln so‘mni tashkil etadi. 🗣 Hazorasp tumanida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari zamonaviy infratuzilmani yaratishga, transport harakati xavfsizligini ta’minlashga hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. 💬Batafsil 🔗Hazorasp tumani hokimligi matbuot xizmati 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube