Isi
✍️Islom taraqqiyot bankining loyihalarni o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan navbatdagi missiyasi ish boshladi 📺 ITB vakillarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari doirasidagi ishlarni o‘rganish, erishilgan natijalarni tahlil qilish hamda kelgusi vazifalarni belgilab olishga qaratilgan missiyasi boshlandi. ⚙️ Missiyaning birinchi kunida Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan loyihalarning bugungi holati, subloyihalardagi xarid jarayonlari, moliyaviy ko‘rsatkichlar hamda loyihalarni jadallashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. 🔄 Shu bilan birga, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ko‘makchi hamkor tashkilot BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan subloyihalarni amalga oshirishda tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar, mutaxassislarning aholi bilan ishlash tamoyillari, keyingi rejalari ham ko‘rib chiqildi. 🔗 Batafsil Рус | Eng 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube