Isi
🤔“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasidagi olib borilayotgan ishlar oʻrganildi 🗺 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, qurilish jarayonlarini monitoring qilish hamda aholi fikr va takliflarini o‘rganish maqsadida Islom taraqqiyot banki vakillarining Xorazm viloyatiga safari boʻlib oʻtdi. 🗣 Unda ITBning loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassisi Alibek Kazangapov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihani amalga oshirish guruhi, BMT Taraqqiyot dasturi mutaxassislari, Urganch va Xonqa tumani hokimliklari vakillari hududlardagi loyiha obyektlarida boʻlishdi. ✍️ Urganch tumanining “Yuqoriovul”, “Hilol”, “Uyshin” “Merganovul” Xonqa tumanining “Doʻstlik” mahallalarida qurilishi yakunlangan ijtimoiy soha obyektlari hamda infratuzilma loyihalari bilan tanishildi. 🔗 Batafsil Рус | Eng 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube