TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi avatar

TGINSIGHT POST

Post #4502

@uzb_ridp

Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi

Tampilan149Jumlah tampilan
Diposting22 Mei22/05/2026, 13.20
Isi postingan

Isi

🟡Islom taraqqiyot banki vakillari bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🤝 Islom taraqqiyot bankining Olmaotadagi mintaqaviy xabi rahbari Ali Muhammad Xon boshchiligidagi missiya vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi. 🟡 Unda ITB vakillari bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi. “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalari respublikaning 7 ta viloyatida ayni vaqtda amalga oshirilayotgan boʻlib chekka hududdagi aholi yashash sharoitini yaxshilash, ularning ijtimoiy soha va infratuzilma yoʻnalishlarida imkoniyatlarini oshirish kabi maqsadlarni koʻzlagan. ⚙️ Tomonlar suhbat davomida hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli rejalarini atroflicha muhokama qildilar. Subloyihalarni qisqa muddatda va sifatli qilib amalga oshirishda qoʻshma loyihalardan olingan tajribalarni kelgusi faoliyatda qoʻllash, malakali kadrlarni tayyorlash, aholi bilan ishlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi. 🔗 Batafsil Рус | Eng 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube