TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Writing Way

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Trova contenuti simili

Canale sorgente @WritingWay · Post #1069 · 13 gen

MA TU COMUNICHI O TRASMETTI? 🎙📡 #videotips#video ✅Un conto è usare una lingua, un altro un linguaggio. Che differenza c’è? ✅Un conto è comunicare, un altro trasmettere. Tu vuoi comunicate o trasmettere? Ne parlo nel mini video. @writingway

Risultati

125 post simili trovati

Cerca: #qutlov

当前筛选 #qutlov清除筛选
Оhangaron shahar hokimligi

@ohangaronshahar · Post #76126 · 21/03/2026, 17:29

#qutlov Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Nurafshon shahrida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimdagi TABRIK SO‘ZI 🌐Batafsil ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube ✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram

Hashtags

FVMMTB - Rasmiy kanali

@farvmmtb · Post #31007 · 04/03/2026, 00:45

#qutlov ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»giFarmoni bilan yurtimizning bir guruh xotin-qizlari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. Xususan: ➖ Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Kunel Masimova; ➖ Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi «Nova school» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Zeboxon Muminovalar «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi. 👉 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimizdagi 28 nafar iqtidorli xotin-qizlari, xususan: ➖ Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti Moxlaroy Umurzoqova; ➖ Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti Muslimaxon Abduqaxorova; ➖ Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti Mehriniso Ergashova; ➖ Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi Visola Tursunova; ➖ Samarqand shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Amaliya Mamedova; ➖ Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulxayo Mingboyeva; ➖ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Dilafruzxon Sobirova; ➖ Toshkent shahridagi 208-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Anastasiya Saranseva; ➖«Yangi O‘zbekiston» universitetining 2-bosqich talabasi Sevinch Mavlonovalar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 👏 Ushbu yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan barcha xotin-qizlarni samimiy tabriklaymiz. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin

Hashtags

#qutlov Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga binoan Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqich tayanch doktoranti Uralova Gulhayo Baxodir qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Gulhayo Uralovani mazkur mukofot bilan Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan qutlaymiz va kelgusidagi faoliyatlari yangidan yangi zafarlar tilaymiz. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#qutlov 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollar mukofotlandi Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bir guruh ayollar taqdirlandi. Ular orasida Fanlar akademiyasi olimalari ham bor. Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdimbetova Gulsara Yesenovna hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri Vohidova Noyira Rahimovna«Shuhrat» medali bilan mukofotlandi. Taqdirlanganlarni yuksak mukofot bilan Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz va sog‘lik, oilaviy tinchlik, baxt, kelgusidagi faoliyatlari ulkan zafarlar tilaymiz. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #26616 · 24/03/2026, 08:56

#QUTLOV 🎉Ahmadjon Meliboyev — 80 yoshda! 💐O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, sohamiz fidoyisi Ahmadjon Meliboyev 80 yoshni qarshi oldilar. 🎁O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi jamoasi va aʼzolari jurnalistikada o‘z maktabini yaratgan ustoz jurnalistni mazkur muborak sana bilan samimiy qutlaydi. 🔊Ahmadjon Meliboyev ijodi va hayot yo‘li o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ibrat maktabidir! Ustozning tajribasi va yuzlab shogirdlari bugun ham O‘zbekiston jurnalistikasi rivojiga hissa qo‘shmoqda. Yubiley yoshingiz muborak, qadrli ustoz! 🇺🇿Bizni kuzatib boring 🚀Telegram🎬YouTube📷Instagram🔵Facebook

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #26423 · 04/03/2026, 07:37

#Qutlov Bugun O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi Otabek Aslonovning tavallud kuni Otabek Aslonov 1982-yil 4-mart kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining bakalavriat, 2005-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Jurnalistika sohasida dastlabki faoliyatini “Turkiston” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasida muxbirlikdan boshlagan. Navoiy viloyati hokimligi muassisligidagi “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasida muxbir, Karmana tumani hokimligi muassisligidagi “Karmana ovozi” gazetasida bosh muharrir, Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari, Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari - viloyat hokimining matbuot kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan. O.Aslonov 2014-2024-yillar davomida xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati sifatida ham samarali ish olib borgan. Turli yillarda "Ko‘ngil mavjlari", "Soyabonin tutib turgan qiz" nomli kitoblari chop etilgan. Taniqli jurnalist O.Aslonov 2019-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limiga rahbarlik qilib kelmoqda. 💐O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Otabek Aslonovni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 💐 Tabriklaymiz! 🇺🇿Bizni kuzatib boring 🚀Telegram🎬YouTube📷Instagram🔵Facebook

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #26422 · 04/03/2026, 05:36

#Qutlov Bugun “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri Abdurasul Jumaqulovning tavallud kuni Abdurasul Jumaqulov 1966-yil 4-martda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent davlat universiteti, 2007-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Surxon tongi” gazetasida muxbirlikdan boshlab, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib lavozimlarida ishlagan. So‘ngra “Tadbirkor”, “Xalq yo‘li” gazetalarida bosh muharrir, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari, “Fermer” jurnalida bosh muharrir lavozimlarida samarali mehnat qilgan. Tajribali jurnalist A.Jumaqulov 2019-yildan buyon “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri, shuningdek, ayni paytda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Boshqaruvi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Abdurasul Jumaqulov 2003-yilda “Shuhrat” medali, 2021-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 💐O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi taniqli jurnalist Abdurasul Jumaqulovni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 💐 Tabriklaymiz! 🇺🇿Bizni kuzatib boring 🚀Telegram🎬YouTube📷Instagram🔵Facebook

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #26351 · 23/02/2026, 11:57

#Qutlov SHUHRAT RO'ZIYEV – 60 YOSHDA ! Shuhrat Ro‘ziyev 1966 - yil 23 - fevralda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tavallud topgan. 1989 yilda ToshDU (hozirgi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1989 - yilda “O‘zbekiston ovozi” (avvalgi “Sovet O‘zbekistoni”) gazetasida musahhihlikdan boshlagan. 1993 - yilda gazeta muxbiri lavozimidan IIV Matbuot markazi inspektori lavozimiga tayinlangan. Xizmati davomida vazirlik Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshqarmasi, Huquqbuzarliklarning oldini olish Bosh boshqarmalarida inspektor, katta inspektor, MTB katta inspektor, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan. Shuningdek, faoliyati davomida O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasida mas'ul kotib lavozimida ishlagan. 2008 - yilda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Mafkuraviy immunitet manbalari” nomli qo‘llanmasi 2000 nusxada nashr etilgan. Sh.Ro‘ziyev 2024 - yildan buyon IIV Birlashgan tahririyati “Postda-Na postu” gazetalari va “Qalqon-SHIT” jurnalida muxbir sifatida xizmat qilib kelmoqda. 💐 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi taniqli jurnalist Shuhrat Ro‘ziyevni muborak 60 yoshi bilan samimiy qutlab, ustozga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy va kasbiy faoliyatida yangi yutuq hamda muvaffaqiyatlar tilaydi. 💐 Tabriklaymiz! 🇺🇿Bizni kuzatib boring 🚀Telegram🎬YouTube📷Instagram🔵Facebook

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #26191 · 03/02/2026, 13:07

#Qutlov ✨Bugun taniqli jurnalist Mirodil Abdurahmonovning tavallud kuni Mirodil Abdurahmonov 1964 - yil 3 - fevral kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1989 - yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatining dastlabki yillarida turli hududiy va markaziy gazetalarda muxbir, bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Keyinchalik “Mulkdor” iqtisodiy gazetasi bosh muharriri, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi apparatining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i, “Turkiston-press” axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, “XXI asr” gazetasi bosh muharriri kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 2019 - yildan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisining Mafkuraviy masalalar va OAV bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. Mirodil Abdurahmonovning ko‘p yillik mehnatlari eʼtirof etilib, 1997 - yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 🇺🇿O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ustoz jurnalist Mirodil Abdurahmonovni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 💐Tabriklaymiz Telegram | YouTube |Instagram|Facebook

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #26184 · 02/02/2026, 07:44

#Qutlov ✨Bugun taniqli jurnalist Sharofiddin To‘laganovning tavallud kuni Sharofiddin To‘laganov 1964 yil 2 fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatida tug‘ilgan. 1989 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ijodiy faoliyatini 1995 yilda radiodan boshlagan. O‘zteleradiokompaniyasi “Ijtimoiy hayot” eshittirishlar muharririyatida muharrir, siyosiy sharhlovchi, katta muharrir, bosh muharrir, “Axborot” bosh muharririyati bosh muharrir o‘rinbosari, “O‘zbekiston” radiokanali guruh rahbari, “Xalqaro hayot” bo‘limining mudiri vazifalarida samarali mehnat qilgan. Isteʼdodli jurnalist, o‘tkir qalam sohibi, ijtimoy-siyosiy, tahliliy mavzulardagi qator eshittirishlar, maqolalar muallifi sifatida jamoatchilikning eʼtirofiga sazovor bo‘lgan. Sh.To‘laganovning “Turbat tarixi”, “Turbat yo‘lidagi qaydlar”, “Bu sirli dunyo”, “Turkiya mening nigohimda” nomli kitoblari chop etilgan. 2006 yilda “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning ilk sovrindorlaridan biri bo‘lgan. 🇺🇿 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi serg‘ayrat, faol jurnalist Sharofiddin To‘laganovni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 💐Tabriklaymiz! Telegram | YouTube |Instagram|Facebook

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #26177 · 01/02/2026, 06:11

#Qutlov Bugun taniqli jurnalistlar Hasan-Husan Nishonovlarning tavallud kuni Aka-uka Nishonovlar 1974-yil 1-fevral kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagach, mehnat faoliyatlarini “Ko‘zgu” gazetasida boshlagan. Jurnalistik faoliyatlari davomida gazeta va jurnallarda turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. Hasan Nishonov 2019-yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi “Huquq” gazetasi bo‘lim muharriri, Husan Nishonov (Husan Karvonli) 2017-yildan “Ma’rifat” – “Uchitel Uzbekistana” birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimida faoliyat olib bormoqda. Hasan Nishonov 2009-yilda, Husan Nishonov 2014-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 💐 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi matbuotdagi dadil chiqishlari bilan ajralib turgan, o‘tyurak egizak jurnalistlar Hasan-Husan Nishonovlarga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 💐Tabriklaymiz! ✅Bizni kuzatib boring 🚀Telegram🎬YouTube📷Instagram🔵Facebook

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #26168 · 30/01/2026, 08:56

#Qutlov Bugun jurnalist Xonbibi Himmat qizining tavallud kuni Xonbibi Himmat qizi (Maxamova) 1968-yil 30-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida ”Muvozanat”, “Ayol qalbi”, “Oila tilsimi” gazetalarida turli lavozimlarda mehnat qilgan. “Onamning sovg‘asi” (2016), “Ayollar qamoqxonasidan maktublar” (2017) nomli kitoblari nashrdan chiqqan. Ikkinchi kitobi 2023-yil ingliz tiliga tarjima qilinib, AQSHda chop etilgan. Xonbibi Himmat qizi 2011-yilda ”Atirgul” ko‘rik-tanlovi sovrindorlari safidan o‘rin olgan. 💐 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xonbibi Himmat qizini tavallud ayyomi bilan qutlab, unga sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 💐Tabriklaymiz! ✅Bizni kuzatib boring 🚀Telegram🎬YouTube📷Instagram🔵Facebook

Hashtags

123•••1011
PrecedentePag. 1 di 11Successiva