Ci vediamo in diretta questa sera?🎧📺
#live#pubblicareunlibro
📣Io e Fulvio Julita abbiamo una serie di cose da raccontarvi e una news in anteprima.
📞Parleremo di quando un progetto di pubblicazione non va a buon fine - una sconfitta, insomma - e ci si domanda come reagire, che cosa fare.
📽Ci confronteremo su come cercare e raggiungere i lettori, sui canali di distribuzione del libro e sulle risposte alle vostre domande.
Seguiteci sulla mia pagina FB e sul canale Youtube alle 18.30.
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Yig‘ilishida "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti ham ko‘rib chiqildi.
Prezidentimizning bu boradagi tegishli Farmoni va Davlat dasturining ijrosi doirasida erishilgan eng muhim ko‘rsatkichlar, shu jumladan, makroiqtisodiy barqarorlik, investitsiya, eksport, import ko‘rsatkichlari hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning izchil rivojlanishini ta’minlash, respublika hududlarining kompleks rivojlanish darajasini oshirish bo‘yicha erishilgan natijalar tahlil qilindi.
Davlat va jamiyat hayotiga oid muhim statistik ko‘rsatkichlar, amaliy chora-tadbirlar hamda o‘zlashtirilgan mablag‘lar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda uning tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarga yuborilgan parlament, deputatlik va Senat a’zosi so‘rovlariga berilgan javoblar tahlil qilindi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Fraksiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning 2025-yildagi bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi ma’ruzasi tinglandi.
Ma’ruzada O‘zbekistonda bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan Bola huquqlari bo‘yicha vakilning parlament nazorati faoliyatining asosiy natijalari, bundan tashqari, Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan o‘rganilgan bola huquqlarining buzilishi yoki cheklanishi holatlari, bola manfaatlarini ta’minlash sohasida mavjud xavflar hamda davlat organlari faoliyatida aniqlangan muammolar tahlili, bolaning huquq va erkinliklarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘rilayotgan choralar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining 2025-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza bilan tanishildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Ombudsman nomiga 26 372 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 12,6 foizga oshgan.
Ombudsman tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida buzilgan huquqlarni tiklash maqsadida 194 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 7 foizga oshgan. Ushbu ta’sir choralarining ijrosi natijasida 1,8 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ undirilishi belgilangan. Shuningdek, Ombudsman tomonidan 36 ta taqdimnoma kiritilib, ularning 72,2 foizi ijobiy hal etilgan
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Qonun loyihalaridagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan sizlarni mana shu sahifada tanishtirib boramiz. Demak, bizni kuzatishda davom eting.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Bugungi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi band solingan yoki garovga qo‘yilgan mol-mulk egalari huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishining oldini olish, shuningdek, huquqbuzarliklarni targ‘ib qiluvchi materiallarning ommaviy axborot vositalari va Internet orqali tarqalishiga chek qo‘yishga qaratilgan.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Mahalliy Kengashlar faoliyati takomillashtirilmoqda
So‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga berilgan vazifa va vakolatlar kengayib, ular faoliyati hajmi ortib bormoqda. Bu esa Kengashlar ishini samarali tashkil etishni talab etmoqda.
Shu maqsadda "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Qonunchilik taklifi ishlab chiqildi va fraksiya yig‘ilishida muhokama qilindi.
Loyihaga muvofiq, Kengash raisi o‘rinbosari va Kengash Rayosati institutlarini joriy etish, shuningdek, davlat organlari mansabdor shaxslarining deputatlar savollariga javob berish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Fraksiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros agentligi alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilanishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi madaniy meros sohasida Madaniy meros agentligining vakolatlarini aniq belgilash hamda tegishli qonun hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga arxeologiya qidiruvlari va qazishmalarini o‘tkazish tartibini, ruxsatnoma berish shartlarini, arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish hamda ochiq varaq berish tartibini tasdiqlash vakolati berilishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, "uzil-kesil arxeologiya tadqiqoti" tushunchasi qonunchilikda aniqlashtirilmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Fuqaro va tadbirkorlarni sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari joriy etilmoqda
Deputatlarimiz tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks hamda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, ma’muriy sudlarga sudga hurmatsizlik va sudning xususiy ajrimi talablarini bajarmaslik holatlari bo‘yicha ishlarni ko‘rish vakolati berilmoqda. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishonchning huquqiy himoyasi prinsipi joriy etilib, dastlabki eshituv instituti tatbiq qilinadi.
Shuningdek, ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi aniq belgilanmoqda hamda sud majlislarida uzrsiz qatnashmagan mansabdor shaxslarga nisbatan sud jarimasini qo‘llash mexanizmi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, dastlabki eshituv natijasida ariza ko‘rmasdan qoldirilgan taqdirda to‘langan davlat bojini qaytarish tartibi belgilanmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Masofaviy soliq tekshiruvi: soliq nazorati takomillashtirilmoqda
Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida soliq nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyiha soliq nazoratida, xususan, “masofaviy soliq tekshiruvi” tushunchasiga aniqlik kiritish, ushbu tekshiruv tartibini soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, faqat markirovkalash qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan, huquqbuzarlik yuzasidan ikki marotaba ogohlantirish berilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Agar huquqbuzarlik soliq organlarining axborot tizimlari orqali aniqlanib, rasmiy ogohlantirishdan keyin ham davom etsa, masofaviy tekshiruv tashkil etilib, dalolatnoma asosida belgilangan miqdorlarda jarima qo‘llanadi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–190-son qarorida belgilangan talablar va qoidalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Azizbek Akbarov
“Fitosanitar zararsizlantirish
faoliyati litsenziyalanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha
va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasining ahamiyati haqida.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube