@dkattakhanova · Post #2997 · 23/08/2022, 07:47
• Spikerimiz Guli Ergasheva - Filologiya fanlari doktori, dotsent, oʻz chiqishlarini yakunladilar. #Live#Jonli_efir 👉Jonli efir:https://fb.watch/f4abqnWcLm/ @dkattakhanova👈
Hashtags
TGINSIGHT SIMILAR POSTS
Canale sorgente @WritingWay · Post #1113 · 10 mag
Ci vediamo in diretta questa sera?🎧📺 #live#pubblicareunlibro 📣Io e Fulvio Julita abbiamo una serie di cose da raccontarvi e una news in anteprima. 📞Parleremo di quando un progetto di pubblicazione non va a buon fine - una sconfitta, insomma - e ci si domanda come reagire, che cosa fare. 📽Ci confronteremo su come cercare e raggiungere i lettori, sui canali di distribuzione del libro e sulle risposte alle vostre domande. Seguiteci sulla mia pagina FB e sul canale Youtube alle 18.30.
Hashtags
Ricerca globale generale
@dkattakhanova · Post #2997 · 23/08/2022, 07:47
• Spikerimiz Guli Ergasheva - Filologiya fanlari doktori, dotsent, oʻz chiqishlarini yakunladilar. #Live#Jonli_efir 👉Jonli efir:https://fb.watch/f4abqnWcLm/ @dkattakhanova👈
Hashtags
@dkattakhanova · Post #2996 · 23/08/2022, 07:42
#Live #Jonli_efir • Navbatdagi spikerlarimiz Sayyora Saidova - Falsafa fanlari doktori, dotsent, oʻz chiqishlari bilan yosh tadqiqotchilarimizdan kelgan savollarga javob bermoqdalar, uchrashuv qizg'in tus olmoqda. 🎬Jonli efir:https://fb.watch/f4abqnWcLm/ @dkattakhanova👈
Hashtags
@dkattakhanova · Post #2994 · 23/08/2022, 06:36
#Jonli_efir #Live • Gulnoza Odilova - Filologiya fanlari doktori, dotsent: «Ilm va oila» nomli oʻquv kursi taqdimotini namoyish qilmoqdalar. 📒Taqdimotni jonli efirda kuzating:https://fb.watch/f4abqnWcLm/ @dkattakhanova👈
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15841 · 02/02/2026, 15:46
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Mahalliy Kengashlar faoliyati takomillashtirilmoqda So‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga berilgan vazifa va vakolatlar kengayib, ular faoliyati hajmi ortib bormoqda. Bu esa Kengashlar ishini samarali tashkil etishni talab etmoqda. Shu maqsadda "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Qonunchilik taklifi ishlab chiqildi va Fransiya yig‘ilishida muhokama qilindi. Loyihaga muvofiq, Kengash raisi o‘rinbosari va Kengash Rayosati institutlarini joriy etish, shuningdek, davlat organlari mansabdor shaxslarining deputatlar savollariga javob berish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasi mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15698 · 26/01/2026, 10:32
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilishda dastlab, Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimi va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki haqida so‘z yuritildi. — Tinchlik kengashining tashkil etilishi O‘zbekistonning tinchlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq uyg‘un keladi, — dedi partiya rahbari Abdushukur Xamzayev. Shuningdek, Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar ham muhokama qilindi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15637 · 19/01/2026, 10:21
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Masofaviy soliq tekshiruvi: soliq nazorati takomillashtirilmoqda Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida soliq nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyiha soliq nazoratida, xususan, “masofaviy soliq tekshiruvi” tushunchasiga aniqlik kiritish, ushbu tekshiruv tartibini soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashni nazarda tutadi. Qonun loyihasiga ko‘ra, faqat markirovkalash qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan, huquqbuzarlik yuzasidan ikki marotaba ogohlantirish berilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Agar huquqbuzarlik soliq organlarining axborot tizimlari orqali aniqlanib, rasmiy ogohlantirishdan keyin ham davom etsa, masofaviy tekshiruv tashkil etilib, dalolatnoma asosida belgilangan miqdorlarda jarima qo‘llanadi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–190-son qarorida belgilangan talablar va qoidalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15632 · 19/01/2026, 06:43
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Qonun loyihasida shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normalar nazarda tutilmoqda. Xususan, O‘zbekiston hududida saqlanishi majburiy bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar ro‘yxati aniq belgilanishi, jumladan, biometrik, genetik hamda telekommunikatsiya operatorlari xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar ma’lumotlari kiritilmoqda. Shuningdek, boshqa turdagi shaxsga doir ma’lumotlarni chet elga uzatish, ularni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha aniq talablar belgilanmoqda. Bunda xorijiy davlatlarda mazkur ma’lumotlar xavfsizligini yetarli darajada ta’minlash, vakolatli organlar talablariga rioya etish hamda xalqaro standartlarni joriy etish shartlari nazarda tutiladi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlaydigan davlatlar ro‘yxatini tasdiqlash vakolatini berish rejalashtirilmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15631 · 19/01/2026, 06:43
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15476 · 29/12/2025, 16:38
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ustuvor vazifalar belgilab olindi Yig‘ilish yakunida Murojaatnomada ilgari surilgan ushbu muhim tashabbuslar O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining maqsadlariga hamohang bo‘lib, nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizdagi ekologik barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Ularning ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi. Murojaatnomada belgilangan strategik yo‘nalishlarga muvofiq 2026-yilda O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15471 · 29/12/2025, 16:37
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Murojaatnomada atrof-muhitni muhofaza qilish borasida aniq va qat’iy choralar belgilab berildi Fraksiya a’zolari Murojaatnomaning beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha belgilangan vazifalarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aniq va qat’iy choralar ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, jamoat va elektr transportini rivojlantirish, ekologik stikerlar tizimini joriy etish, elektromobillardan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar fraksiya tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Bu choralar shaharlarda sog‘lom va toza ekologik muhit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15469 · 29/12/2025, 16:37
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Abdushukur Xamzayev: Ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish Murojaatnomada beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Bu davlat siyosatida ekologiya masalalariga bo‘lgan yondashuv mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganini yana bir bor anglatdi. Eng muhimi, davlatimiz rahbari bu yo‘nalishda har bir masala bo‘yicha amaliy mexanizm va moliyaviy ta’minotni ochiq belgilab berdi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags
@deputat_m_xodjaeva · Post #15466 · 29/12/2025, 16:37
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Erishilgan natijalar faqat statistik raqamlarda emas, balki odamlar hayotida ham aniq sezilmoqda, dedi yig‘ilishda so‘zga chiqqan fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev. Joriy yilda 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi. Yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Bundan tashqari, 867 ta “og‘ir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun ilk bor suv yetib bordi. Bu davlat siyosatining bevosita mahallagacha tushib, odamlarning kundalik turmushini yaxshilayotganining yaqqol dalilidir. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Hashtags