Ci vediamo in diretta questa sera?🎧📺
#live#pubblicareunlibro
📣Io e Fulvio Julita abbiamo una serie di cose da raccontarvi e una news in anteprima.
📞Parleremo di quando un progetto di pubblicazione non va a buon fine - una sconfitta, insomma - e ci si domanda come reagire, che cosa fare.
📽Ci confronteremo su come cercare e raggiungere i lettori, sui canali di distribuzione del libro e sulle risposte alle vostre domande.
Seguiteci sulla mia pagina FB e sul canale Youtube alle 18.30.
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Yig‘ilishda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.
🗣️ Mazkur qonunda Internet jahon axborot tarmog‘idagimayda bezorilik, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvlarda yoxud harbiy harakatlarda ishtirok etishni yoki harbiy xizmatga yollanishni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik, shaxsning o‘zi sodir etgan huquqbuzarligi tasvirlangan mahsulotlarni tarqatganligi, reklama qilganligi, namoyish etganligi, shuningdek band solingan yoxud ijro harakatlarini amalga oshirish davomida xatlangan mulkniqarzdor tomonidan qonunga xilof ravishda tasarruf etganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutilgan.
👆 Qonun loyihasi birinchi o‘qishda ham uzoq muhokama qilingan edi. Qonun ijodkorlari loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida fraksiya tomonidan bildirilgan e’tirozlar va aniqlashtirilishi kerak bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratildi.
🟣 Loyiha ikkinchi o‘qishda ham uzoq muhokama qilindi. Deputatlar loyihaning band solingan, undiruv qaratilgan yoxud ijro harakatlarini amalga oshirish davomida xatlangan mulkni qarzdor yoki ishonib topshirib qo‘yilgan shaxs tomonidan yashirish, yo‘qotish yoxud unga shikast yetkazish holatlari bilan bog‘liq me’yoriga aniqlik kiritishni so‘rashdi.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Joriy yilda mamlakat iqtisodiyoti 7 foizga, 2026-yilda 6,6 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.
Kelgusi yilda Davlat budjeti xarajatlari 402,4 trillion so‘m bo‘lishi kutilayotgani va undan ijtimoiy sohalarga 220 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan. Bu jami xarajatlarning 54,7 foizini tashkil etadi.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Yig‘ilishda deputatlar bola huquqlari bo‘yicha vakilining (Bolalar ombudsmanining)2025-yildagi bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi ma’ruzasi bilan tanishishdi.
🗣️ Ma’ruzada aytilishicha, 2025-yilda Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 1934 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 2024-yilga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 84 foizga oshgan.
📌 Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, ularning eng ko‘pi Toshkent shahri (470 ta), Surxondaryo viloyati (254 ta) hamda Toshkent viloyati (236 ta) eng kam murojaatlar Sirdaryo viloyati (32 ta) va Navoiy viloyatidan (39 ta) kelib tushgan.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining 2025-yildagi ijrosi muhokamadan o‘tkazildi.
🗣️ Hisobot davrida yalpi ichki mahsulot hajmi 107,7 foizga oshib, 147,1 mlrd AQSH dollariga yetgan.
Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat 106,8 foizga, qurilish 114,0 foizga, xizmatlar 108,5 foizga, qishloq xo‘jaligi 104,4 foizga o‘sgan.
Respublikada yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi 1 849,7 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 314,2 trln so‘mga ko‘paygan.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Shuningdek, majlisda mahalliy Kengashlar faoliyatida boshqaruvni yanada takomillashtirish, Kengash raisi va Kengash sessiyalari ish hajmini yengillashtirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha loyiha ko‘rib chiqildi.
🗣️ Unga ko‘ra, jamoatchilik asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi o‘rinbosari instituti joriy etish va unga bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasi ham yuklanmoqda.
ℹ️ Kengash raisi o‘rinbosari – Kengash kotibiyati mudirigaKengash kotibiyati xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish vakolatini berish hamda Kengash Rayosati institutini tashkil etish va uning ish faoliyatini belgilashi nazarda tutilmoqda.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Yig‘ilishda aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokamadan o‘tkazilmoqda.
🗣️ Loyihada tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tibbiyot sohasida oliy yoki kasbiy ta’lim olgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslar ega bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
👆 Bundan tashqari agar tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining o‘z kasbi bo‘yicha ish stajida uch yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa, ularga tegishli ta’lim tashkilotlarida qayta tayyorgarlikdan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ishlashiga yo‘l qo‘yiladi.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Yig‘ilishda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi atroflicha muhokamadan o‘tkazildi.
✅ Qonun bilan ma’muriy sudlarning qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalarini qo‘llash, takroran ijro qilinmaganligi uchun sud jarimasini oshirilgan miqdorda qo‘llash ko‘zda tutilmoqda.
✅ Shuningdek, ma’muriy sud ish yurituvi xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilmoqda. Bunda dastlabki eshituv, ishonchni himoya qilish kabi yangi institutlar, davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ma’muriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash tartibi amaliyotga kiritilmoqda.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 So‘nggi yillarda vatandoshlarimizni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan vatandoshlarimizni rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
👆 Mazkur yo‘nalishdagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan loyiha fraksiyamizda birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
Loyihada “Vatandosh” kartasi egalari va ularning oila a’zolari uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
✅ Bunda ularni Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ko‘rsatiladigan ayrim davlat xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etish nazarda tutilmoqda.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Yig‘ilishida shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Mazkur Qonun bilan shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiy shart sifatida, shaxsni tasvirga olish va undan foydalanishdabolalar huquqning mustaqil subyekti sifatida belgilab qo‘yilmoqda.
Bunda shaxs muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, rozilik uning qonuniy vakili tomonidan, shuningdek, shaxs vafot etgan taqdirda, agar u hayotligi chog‘ida rozilik bermagan bo‘lsa, uning vorislari tomonidan beriladi. Shuningdek, O‘n olti yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasidan biri yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan biri tomonidan berilishi nazarda tutilmoqda.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Majlisda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ikkinchi o‘qishda muhokamadan o‘tkazilmoqda.
Unda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurgani uchun javobgarlikka tortilgan shaxs xuddi shu huquqbuzarlikni bir yil davomida takroran sodir etsa, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha jarimaga tortilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ov qilish, kasbiy faoliyat, sport faoliyatida, xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda yoki o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida jamoat joylarida olib yurgani uchun javobgarlikka tortilgan shaxs shu huquqbuzarlikni bir yil davomida yana sodir etsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
Facebook | Youtube | Instagram | X
#Live
#Parlament_muhokamasi
🔴 Yig‘ilishda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish haqidagi moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi loyiha 1-o‘qishda muhokama qilinmoqda.
Loyihada kompleks ekspertizadan o‘tkazishdan ozod etilmagan davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirish mansabdor shaxslarni bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarimaga tortishga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
Facebook | Youtube | Instagram | X
Live NetTV
Live NetTV是一款国外开发的手机电视通用的直播+点播软件,拥有最全面的视频资源和电视频道;
软件是免费使用的,而且无比纯净,无任何广告
注意:LiveNetTV这款软件本身没有内置播放器,所以使用时需要调用外部播放器,
例如MX player
#Live NetTV #机顶盒#android