TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Writing Way

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Trova contenuti simili

Canale sorgente @WritingWay · Post #1113 · 10 mag

Ci vediamo in diretta questa sera?🎧📺 #live#pubblicareunlibro 📣Io e Fulvio Julita abbiamo una serie di cose da raccontarvi e una news in anteprima. 📞Parleremo di quando un progetto di pubblicazione non va a buon fine - una sconfitta, insomma - e ci si domanda come reagire, che cosa fare. 📽Ci confronteremo su come cercare e raggiungere i lettori, sui canali di distribuzione del libro e sulle risposte alle vostre domande. Seguiteci sulla mia pagina FB e sul canale Youtube alle 18.30.

Risultati

2,198 post simili trovati

Ricerca globale generale

Tokareva Irina

@deputat_i_tokareva · Post #4360 · 23/02/2026, 08:18

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining 2025-yildagi ijrosi muhokamadan o‘tkazildi. 🗣️ Hisobot davrida yalpi ichki mahsulot hajmi 107,7 foizga oshib, 147,1 mlrd AQSH dollariga yetgan. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat 106,8 foizga, qurilish 114,0 foizga, xizmatlar 108,5 foizga, qishloq xo‘jaligi 104,4 foizga o‘sgan. Respublikada yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi 1 849,7 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 314,2 trln so‘mga ko‘paygan. Facebook | Youtube | Instagram | X

Tokareva Irina

@deputat_i_tokareva · Post #3781 · 19/01/2026, 08:42

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Yig‘ilishda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi atroflicha muhokamadan o‘tkazildi. ✅ Qonun bilan ma’muriy sudlarning qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalarini qo‘llash, takroran ijro qilinmaganligi uchun sud jarimasini oshirilgan miqdorda qo‘llash ko‘zda tutilmoqda. ✅ Shuningdek, ma’muriy sud ish yurituvi xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilmoqda. Bunda dastlabki eshituv, ishonchni himoya qilish kabi yangi institutlar, davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ma’muriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash tartibi amaliyotga kiritilmoqda. Facebook | Youtube | Instagram | X

Tokareva Irina

@deputat_i_tokareva · Post #3674 · 12/01/2026, 07:28

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Fraksiya yig‘ilishida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. 🗣️ Qonun bilan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida qo‘shimcha xizmatlar hisoblanadigan tibbiy yordam turlari belgilanishini, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. ✅ Ushbu qonun bilan fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishi hamda ularning malakali tibbiy xizmatga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Facebook | Youtube | Instagram | X

Kasimova Kizilgul

@kasimovakizilgul · Post #3650 · 20/04/2026, 11:49

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Kun tartibida ko‘rilgan “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy qonun loyihasi deputatlar tomonidan uzoq muhokama qilindi. 🗣️ Ushbu qonun Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining maxsus hudud sifatidagi maqomini va uning hududida amal qiladigan maxsus huquqiy rejimni belgilashga qaratilgan. 📌 Ya’ni maxsus qonunchilik tizimi yaratiladi. Bunda ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va unga zid bo‘lmagan holda, Angliya va Uels umumiy huquqining elementlariga asoslanganMarkazning maxsus normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilinadi. ⁉️ Deputatlarda bu ayrim savollarni yuzaga chiqardi. Jumladan, O‘zbekiston huquqiy tizimining roman-german huquqiga yaqinligini, bu Markaz hududida esa anglo-sakson huquq tizimi elementlarining mavjudligi ertangi kunda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini aytildi. 🗣️ Qonun ijodkorlari bu borada ixtisoslashtirilgan sudlar tashkil etilishi, qolaversa, bu me’yorlar ayrim yo‘nalishlarga kiritilishi, huquqiy masalalarning katta qismi milliy qonunchiligimizga asoslanishini ma’lum qilishdi. Facebook | Youtube | Instagram | X

Kasimova Kizilgul

@kasimovakizilgul · Post #3649 · 20/04/2026, 11:49

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Yig‘ilishda xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamadan o‘tkazildi. 🗣️ Mazkur Qonun bilan xalq deputatlari Kengashlarining boshqa vakolatlari faqat qonun hujjatlari bilan belgilanishi, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi raisiKorrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengash faoliyatiga raislik qilishi belgilanmoqda. 👆 Ushbu Qonun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyatini yanada samarali tashkil etishga, hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarda mahalliy Kengashlarning rolini ortishiga va bu borada ijro hokimiyati bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Facebook | Youtube | Instagram | X

Kasimova Kizilgul

@kasimovakizilgul · Post #3648 · 20/04/2026, 11:49

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Facebook | Youtube | Instagram | X

Kasimova Kizilgul

@kasimovakizilgul · Post #3580 · 13/04/2026, 05:36

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Facebook | Youtube | Instagram | X

Kasimova Kizilgul

@kasimovakizilgul · Post #3477 · 06/04/2026, 09:03

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. 🗣️ Bunga ko‘ra, Jinoyat-protsessual kodeksiga ayrim turdagi jinsiy erkinlikka hamda axloqqa qarshi jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni ichki ishlar organlaridan prokuratura organlariga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. ❗️ Shu o‘rinda «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga ushbu toifadagi ishlarning tergovi prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilishi va jazo o‘tash jarayonida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini belgilash hamda jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning jazoni o‘tash shartlarini og‘irlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bunda shu turdagi jinoyatlarni sodir etganlar jazoni o‘tash davrida manzil koloniyalarga chiqarilmasligi ko‘zda tutilmoqda. ❓Fraksiyamiz a’zosi Zokirjon Zohidov, qonun kuchga kirsa, ayni vaqtda manzil koloniyalarda jazo o‘tayotgan shunday jinoyatchilarga nisbatan qanday yo‘l tutilishini so‘radi. 🗣️ Qonun ijodkorlari bu amaliyot qonun kuchga kirganidan so‘ng hukm qilinganlarga tatbiq etilishini bildirishdi. Facebook | Youtube | Instagram | X

Kasimova Kizilgul

@kasimovakizilgul · Post #3476 · 06/04/2026, 09:03

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 🟣 Fraksiya yig‘ilishida “Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ushbu loyihani milliy qonunchiligimizni JST talablariga moslashtirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam deyish mumkin. 🗣️ Qonun bilan barcha mahsulotlar ikki guruhga ajratilib, bunda nooziq-ovqat mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan umumiy talablarni belgilash hamda faqatgina xavfi yuqori va maxsus talablar o‘rnatish lozim bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan texnik reglamentlar bilan majburiy talablarni o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda. 📌 Bundan tashqari oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi texnik tartibga solish sohasidan ajratilib, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasiga o‘tkaziladi. Facebook | Youtube | Instagram | X

Tokareva Irina

@deputat_i_tokareva · Post #3398 · 15/12/2025, 09:10

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Hisobotda keltirilishicha, joriy yilning 9 oyligida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kam taʼminlangan oilalargabolalar nafaqasi, moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari uchun 9 936,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Shu davr oralig‘ida respublika boʻylab 4,5 million nafar fuqaro daromadli mehnat bilan band qilingan. Bu belgilangan rejadan 15 foizga koʻp degani. Bundan tashqari ishsiz va daromadini oshirish istagida boʻlgan 185 ming nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitilgan. Facebook | Youtube | Instagram | X

Kasimova Kizilgul

@kasimovakizilgul · Post #3325 · 16/03/2026, 16:08

#Live #Parlament_muhokamasi Ijtimoiy muammolar yechimi: huquqiy asoslarni kuchaytirish zarur O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi bir qator muhim qonun loyihalarini muhokamadan o‘tkazdi. Loyihalarda qonun ustuvorligini mustahkamlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normalar nazarda tutilgan. 🟣 Kun tartibiga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. 🗣️Deputat J.Achilovning fikricha, ma’muriy jazolar qo‘llanilishida adolat va mutanosiblik tamoyillari saqlanishi muhim. Ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlari ham to‘liq himoya qilinishi kerak. Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi. 📌 Partiya fraksiyasi qabul qilinayotgan har bir qonun avvalo xalq manfaatiga xizmat qilishi, ijtimoiy tenglik va adolatni ta’minlashi kerak, degan qat’iy pozitsiyani doim himoya qiladi... Facebook | Youtube | Instagram | X

Tokareva Irina

@deputat_i_tokareva · Post #3295 · 04/12/2025, 06:50

#Live #Parlament_muhokamasi 🔴 Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. ✅ Yig‘ilishda deputatlar «2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi, «Budjet jarayoni takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqmoqda. Facebook | Youtube | Instagram | X

12•••100•••110111112113114•••183184