TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Writing Way

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Trova contenuti simili

Canale sorgente @WritingWay · Post #1113 · 10 mag

Ci vediamo in diretta questa sera?🎧📺 #live#pubblicareunlibro 📣Io e Fulvio Julita abbiamo una serie di cose da raccontarvi e una news in anteprima. 📞Parleremo di quando un progetto di pubblicazione non va a buon fine - una sconfitta, insomma - e ci si domanda come reagire, che cosa fare. 📽Ci confronteremo su come cercare e raggiungere i lettori, sui canali di distribuzione del libro e sulle risposte alle vostre domande. Seguiteci sulla mia pagina FB e sul canale Youtube alle 18.30.

Risultati

2,198 post simili trovati

Ricerca globale generale

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1942 · 15/12/2025, 10:44

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ekologik qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytiriladi Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorlarining kamligi sababli ular o‘zining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini ko‘rsatmayotgani qayd etildi. Shu kabi muammolarni bartaraf etish hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu qonun loyihasi bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1939 · 15/12/2025, 10:44

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ekologik toza hududlarni saqlash bo‘yicha bir qator normalar belgilanmoqda Fraksiya yig‘ilishida “Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash hamda bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish va sotishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Ushbu qonun loyihasi bilan Ekologik toza hududlar tushunchasi kiritilib, ular jumlasiga ekologik tizimlarni saqlab qolish, tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrash, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan tabiiy obyekt va majmualari degradatsiyaga uchramagan va ularning holatiga salbiy texnogen ta’sirning oldini olish imkoniyati bo‘lgan hududlar kirishi belgilanmoqda. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarishga taqiq kiritish hamda tuproqning unumdorligini oshirish maqsadida organik o‘g‘itlardan foydalanishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1719 · 13/10/2025, 05:42

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida ham bir qator muhim qonun loyihalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1693 · 06/10/2025, 06:35

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Endi hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish rejasini ham taqdim etishi kerak Yig‘ilishda "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. ❗️Unga ko‘ra "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida tegishli hududda hokim lavozimiga nomzodi ko‘rib chiqilayotgan fuqaro xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan vaqtda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbollariga mo‘ljallangan dasturi bilan bir qatorda hududda korrupsiyaning oldini olish rejasini ham taqdim etishi lozimligi belgilanmoqda. ☝️Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida"gi va "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik nazarda tutuvchi harakatlar rejasidan tashqari tizimda korrupsiyaning oldini olishni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini ham taqdim etishi lozimligi belgilanmoqda. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1690 · 06/10/2025, 06:04

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Shovqin darajasi yuqori bo‘lgan transport vositalarini boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda Yig‘ilishda "Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida"gi QL–1186-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasiga shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu bilan yarim kechasi mahallalarda aholining tinchligini buzib, mashinasida baland musiqa qo‘yib yuruvchi, shuningdek, turli ovoz kuchaytirilgan sport mashinalari va mototsikllarini boshqarayotgan shaxslarni tartibga solishning huquqiy asosi mustahkamlanadi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1687 · 06/10/2025, 05:31

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida ham bir qator muhim qonun loyihalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1657 · 22/09/2025, 06:43

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda. Bizni kuzatishda davom eting, qonunchilikdagi o'zgarish va yangiliklar bilan sizni batafsil tanishtirib boramiz. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1643 · 15/09/2025, 08:25

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Fraksiyamizning avvalgi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan bildirilgan e’tiroz va takliflar inobatga olinib, qonun loyihasi matniga kiritilgani, aniqlashtirilishi zarur bo‘lgan jihatlar to‘ldirilganiga e’tibor qaratildi. Qonun loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator fikrlar aytildi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1626 · 08/09/2025, 09:44

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yangi qonun — Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 3-fevraldagi PQ–41-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi fraksiyamizning bugungi yig’ilishida ko’rib chiqildi. Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda: 1) 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlaridan foydalanadigan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini soliq solinmaydigan daromad sirasiga kiritish (378-modda); 2) 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilish(483-modda). ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1613 · 04/09/2025, 09:28

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Shuningdek, fraksiya yig’ilishida O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zolarining joriy yilning 26–28 avgust kunlari saylov okruglaridagi faoliyati yakunlari ham sarhisob qilindi. Fraksiya rahbari tomonidan deputatlarning saylovchilar hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish borasida qator tafsiyalar berildi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1612 · 04/09/2025, 09:01

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1569 · 18/08/2025, 08:54

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Shuningdek bugungi yig‘ilishda "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyihada bir qator qonun hujjatlariga ularni o‘zaro muvofiqlashtirish, havolaki normalarni tizimlashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlarini hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi 14 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

12•••9596979899100•••183184