TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #1713

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni1,100Numero di visualizzazioni
Pubblicato25 gen25/01/2021, 10:40
Contenuto del post

Contenuto

Xushxabar: Prezidentimiz maktablardagi Yoshlar yetakchilari stavkasini kamaytirmaslik bo‘yicha topshiriq berdilar! Maktablardagi ko‘pchilik Yoshlar yetakchilarimizdan joylarda 0,25 stavkasi qisqarishi mumkin ekan degan xavotirda murojaatlar tushayotgan edi. Prezidentimiz tomonidan o‘tgan haftada Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi kiritilayotgan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimlariga Yoshlar yetakchilaridan 0,25 stavka qisqartirish hisobiga emas, balki qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha aniq topshiriq bo‘ldi. Shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q! Yoshlar yetakchilari endi e’tiborlarini bunday xavotirlarga emas, balki joylarda o‘z faoliyati samaradorligini oshirishga qaratishlari zarur! Batafsil keyingi postda yoki ushbu havolada: https://bit.ly/2LTkBs1