Contenuto
1-sinf Matematika daftarida yuzaga kelgan xatolik yuzasidan munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda ikkinchi yarim yillik uchun tuzilgan 1-sinf Matematika daftarida yuzaga kelgan xatolik toʻgʻrisidagi xabar tarqaldi. Respublika taʼlim markazi 1-sinf Matematika daftari davlat buyurtmasiga asosan emas balki, “Turon-iqbol” nashriyoti tomonidan ochiq savdoga chiqarilganligi maʼlum qiladi. Mazkur daftar Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markaziga taqdim etilmagani va nashr etishga ruxsat berilmaganligini alohida aytish zarur. “Turon iqbol” nashriyoti va mualliflar jamoasi daftar 9-betida berilgan javob oʻrniga nol yozilishi kerak boʻlgan topshiriqning oxirgi qatorida texnik sabablarga koʻra soʻroq belgisi tushib qolganini maʼlum qildi. Mualliflar jamoasining Respublika taʼlim markaziga bergan maʼlumotiga koʻra, hozirda mazkur xatolik bartaraf etildi. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram | Facebook | Instagram | You Tube