Contenuto
🔹Joriy yilning 26-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro maktablaridan birida maktab binosini isitish uchun ajratilgan ko‘mir noqonuniy tarzda fuqaroga sotilayotgani haqidagi videoyoz tarqatildi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur holat 2019- yilda Shofirkon tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lganligi aniqlandi. Maktab binosini isitish uchun ajratilgan ko‘mirni noqonuniy tarzda fuqaroga sotgan maktabning sobiq qorovuli hamda mas'ul xodimlariga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan ma’muriy chora ko‘rilgan. 2021-2022 o`quv yili uchun maktabda kuz-qish mavsumi betalofat o`tkazish maqsadida mavjud 6 dona tejamkor qozonlar va barcha isitish tizimlari ta`mirlanib, 4 nafar mavsumiy o`t yoquvchilar biriktirilgan. Ayni paytda joriy mavsumni betalofat o’tkazish maqsadida maktabda barcha xavfsizlik choralari ko’rilgan. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi