TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2097

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni3,590Numero di visualizzazioni
Pubblicato24 mag24/05/2022, 19:19
Contenuto del post

Contenuto

#TEZKOR Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasining “O‘qituvchidan gap eshitgan o‘quvchi derazadan chiqib ketdi” mazmunida ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan murojaatga MUNOSABATI Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan mazkur xabar o‘rganilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur holat Qo‘shtepa tumanidagi 22-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlandi. Tarqatilgan ba’zi xabarda o‘quvchi qiz maktabning ikkinchi qavatidan o‘zini tashadi, deb iddao qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, holat joriy yilning 23-may kuni ushbu maktabning birinchi qavatida joylashgan kimyo fani sinfxonasida bo‘lgan. Maktabning 8-sinif o‘quvchisi A.A.dars paytida kalitni uyiga tashab kelish uchun ruxsat so‘ragan. O‘qituvchi dars tugashiga 5 daqiqa qolganini bildirgan. Biroq o‘quvchi muallima gapiga quloq solmasdan derazadan sakrab, qochib ketgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi uni qayta sinif xonasiga olib kirib tanbeh bergan, biroq o‘quvchi qiz yana derazadan qochib ketgan. Shu holat A.A.ning sinifdoshi tomonidan telefonda tasvirga olinib tarqatilgan. O‘quvchi A.A. sog‘-salomat hech qanday tan jarohati olmaganligini ma’lum qilamiz. Mazkur xabar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. O’rganish davom etmoqda, holat bo‘yicha natijalarini tegishli tartibda yana e’lon qilinishini ma’lum qilamiz. Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.