Contenuto
Bugungi kunda Jamoatchilik vakillari tomonidan nima sababdan vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Xalq ta'limi vazirligi nomi yangi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi nomiga o‘zgartirilmayotganligi yuzasidan eʼtirozlar bo'lmoqda. Bugungi kunda vazirlikning Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari rasmiy maqomga ega (verifikatsiyadan o‘tgan). Shu bois uning nomini o‘zgartirish jarayoni vaqt talab etadigan jarayon ekanligi ma'lum bo'ldi. Ayni damda vazirlik nomini o‘zgartirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarga so‘rov yuborilgan natijasi kutilmoqda. Ma'lumot uchun bugungi kunda vazirlikning Facebook tarmog‘ida 80 mingdan ortiq, Telegramda esa 103 274 nafar obunachilari bor. Vazirlikning yangi logotipi va saytini o‘zgartish jarayoni ham vaqt talab etishini eslatib o'tamiz. Vaqtincha buni eʼtiborsizlikka yo‘yilmasligini so‘rab qolamiz.