TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2223

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni14,600Numero di visualizzazioni
Pubblicato6 gen06/01/2023, 12:33
Contenuto del post

Contenuto

⚠️Uzaytirilgan qishki ta’til kunlari maktablarda o‘quvchilar ishtirokida to‘garaklar tashkil etilmaydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta’til davrida umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun to‘garaklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilmaganligini ma’lum qiladi. Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda. Hukumatining tegishli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishqi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intelektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda teleko‘rsatuvlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda vazirlik hududiy bo‘linmalari hamda vazirlik tarkibidagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan qishgi ta’til kunlari o‘quvchilar ishtirokida turli to‘garaklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari so‘raladi.