TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2224

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni27,700Numero di visualizzazioni
Pubblicato16 gen16/01/2023, 18:42
Contenuto del post

Contenuto

Oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazilish masalasini koʼrib chiqilmoqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi. Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish zarurligini taʼkidladi. Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.