TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2228

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni37,800Numero di visualizzazioni
Pubblicato20 gen20/01/2023, 15:59
Contenuto del post

Contenuto

VAZIR BILAN 85 YOSHNI QARSHI OLGAN USTOZ XONADONIGA BORDIK Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bilan qutlug' 85 yoshni qarshilagan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Mirfozil Mirzaаhmedovni tabriklagani xonadoniga bordik. Mirfozil Mirzaаhmedov Matematika fanidan yangi avlod darsliklari va dasturlarini yaratishdek mas’uliyatli va sharafli ishni boshlagan bilimdon, shijoatli va doimo izlanuvchan ustoz 11 ta fan nomzodi va bitta fan doktorini tarbiyalagan qadri baland olimdir. Samimiy suhbat chog’ida ustoz maktablarda ta’lim sifatini oshirsh borasida ko’p yillik tajribalari bilan bo’lishdilar. Vazir Mirfozil Mirzаahmedovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga ta’lim yo’lida qilgan mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdi hamda uni Xalq ta’limi fidoyisi ko’krak nishoni bilan taqdirladi. Ustoz va vazir suhbatini videoga muhrlab oldim. Bizga ham ilm yo’lida katta iz qoldirish nasib qilsin. Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, hurmatli Ustoz🤲