TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2248

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni2,990Numero di visualizzazioni
Pubblicato11 mar11/03/2023, 06:12
Contenuto del post

Contenuto

VAZIR TOPSHIRIG‘IGA ASOSAN 152-MAKTABDA YUZAGA KELGAN HOLAT O‘RGANIB CHIQILADI Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning ko‘rsatmasiga asosan Toshkent shahridagi 152-maktabda yuzaga kelgan holat hamda maktabdagi taʼlim va tarbiya jarayonlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha vazirlik Ishchi guruhi tuzildi. Ayni damda o‘qituvchining maktabdagi nosog‘lom muhit bo‘yicha ijtimoiy tarmoq faollariga murojaati keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Shu o‘rinda jamoatchilik vakillaridan har ikki tomonni o‘rgangandan so‘ng xolis axborot tarqatishlarini, shuningdek vazirlik ishchi guruhi bilan birgalikda o‘rganish jarayonlarida ishtirok etishlari mumkinligini bildiramiz. Eslatib o‘tamiz, maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli holat bo‘yicha o‘quvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Sud qarori bilan o‘quvchining onasi va maktab o‘qituvchisiga nisbatan maʼmuriy choralar qo‘llanilgan. Ishchi guruhning o‘rganish natijalari jamoatchilikka maʼlum qilinadi. Yuqoridagi holat nafaqat pedagoglar, balki ota-onalarni ham hushyor bo‘lishga undashi kerak. Sababi farzandlarimiz maktabga taʼlim olish uchun keladi, tarbiya esa ota-ona zimmasida bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda o‘qituvchilardan ham o‘quvchilar bilan ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganda, pedagogga xos bo‘lgan taʼsir choralarini qo‘llashi lozimligini, har qanday holatda o‘zini qo‘lga olib, bolaning ota-onasi bilan birgalikda muammoga yechim topishi zarurligini yana bir bor eslatib o’tamiz.