TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2319

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni6,580Numero di visualizzazioni
Pubblicato2 ago02/08/2023, 17:25
Contenuto del post

Contenuto

#RASMIY_BAYONOT Ustama to‘lanadigan ayrim xalqaro sertifikatlar ro‘yxatdan olib tashlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT 2023-2024-o‘quv yili davomida umumta‘lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangani haqida avvalroq xabar bergandik. Shu o‘rinda, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlar bo‘yicha quyidagilarni ma‘lum qilamiz: ✅Vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan: ✅Sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, yaʼni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi; ✅Baʼzi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi; ✅Sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi; ✅Ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermaganligi, test savollarining doimiy takrorlanishi. ⚠️Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi. Shu bilan birga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq APTISforteachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga qabul qilayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolinayotganligini eslatib o‘tmoqchimiz.