Contenuto
♾Mukofot jamg'armasi 6000 AQSh dollar bo'lgan xakatonda ishtirok eting MDC Uzbekistan tomonidan MDH davlatlari o'rtasida o'tkazilayotgan "Sharpist AI Hackathon 2024"da ishtirok etish uchun Microsoft texnologiyalari va sun'iy intellektga qiziquvchi barcha yoshlar taklif qilinadi. Loyihalar uchun asosiy talab: kamida ikkita Microsoft ishlanmalaridan foydalanish va 3-8 kishilik jamoa tuzish. Mukofot jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi: 🥇 1-o'rin: $3000 🥈 2-o'rin: $2000 🥉 3-o'rin: $1000 🗓Sana: 19-21-aprel Hackathonda ishtirok etish mutlaqo BEPUL! Hakatonda siz real loyihalar ustida ishlash, soha mutaxassislari bilan hamkorlik qilish va o‘z mahoratingizni namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. ✍️Roʻyxatdan oʻtish ➡️Batafsil ma'lumot: MDC Uzbekistan Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!