TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2491

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni779Numero di visualizzazioni
Pubblicato15 apr15/04/2024, 10:46
Contenuto del post

Contenuto

"Men IT sohasiga qiziqib qoldim" "Sohada faoliyat yuritish uchun nima qilsam boʻladi" "Yoshim toʻgʻri keladimi" "Nimadan boshlashim kerak" shu kabi savollar deyarli har kun kelyapti. Men ushbu savollarga javob olish uchun IT yo'nalishida o'tkazilayotgan turli tadbirlarda qatnashib ko'rishni va bevosita soha mutaxassislari bilan muloqotda bo'lishni tavsiya qilaman. Ana shunday tadbirlardan biri 20-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi (Muminov 4A)da o'tkaziladi. ♾IT ta’lim va mehnat yarmarkasi Unda IT-ta'lim xizmatlarini taqdim etuvchi oliygohlar, oʻquv markazlari, mahalliy va xalqaro IT-korxonalar va boshqa tegishli kompaniyalar oʻzlarida mavjud qator imkoniyatlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, tadbir davomida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar ham amaliy tavsiyalar berib o'tadi. 🔔 Oʻtkazib yubormaslik uchun yarmarka sanasi va vaqtini eslab qoling: 20-aprel, 10:00-17:00. 📄Yarmarka uchun roʻyxatdan oʻtish:https://forms.gle/xAXmYN9wS2YC6XP59 Yanada foydali ma'lumotlarni: https://t.me/ITEducationAssociation telegram kanalidan olishingiz mumkin.