TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2511

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni1,040Numero di visualizzazioni
Pubblicato29 apr29/04/2024, 15:23
Contenuto del post

Contenuto

Amerikaning yirik kompaniyasida frilanserlik ortidan yuqori daromad topayotgan dasturchi o’z faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan Munira Begmuratova bugun Amerikaning eng yaxshi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar, dizaynerlar va moliya ekspertlaridan iborat global Toptal kompaniyasida katta dasturiy ta’minot muhandisi sifatida masofadan faoliyat olib boradi. U o'z faoliyatini Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida moliya, biznes va matematika fakultetida katta o‘qituvchi bo'lib boshlagan. Munira IT'da muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimga bolalikda shaxmat va matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini sababchi deb biladi: "Bizning sohada uzoq vaqt bir joyda fikrni jamlab o‘tira olish kerak, aynan shaxmat o‘yini menda shu hislatni tarbiyalagan" — deydi u. Maoshi haqida so'raganimizda Munira aniq javob berishni istamadi, biroq xalqaro kompaniyalarda frilanser sifatida dasturchilar 5 ming AQSh dollardan yuqori maosh olish imkoniyati borligini aytdi. 👉To'liq intervyu ushbu havolada Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling⬇️ 🔹Telegram | 🔹Facebook |💟Instagram | ☸️Youtube | 🎰LinkedIn