TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2512

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni1,180Numero di visualizzazioni
Pubblicato30 apr30/04/2024, 07:42
Contenuto del post

Contenuto

Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan Eco-Xakatonda ishtirok eting! IT Community of Uzbekistan 4-5-may kunlari o'tkazilayotgan IT Eco Fest xalqaro ekofestivali doirasida Xakaton o'tkazmoqda. 🌎Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan Xakatonda texnologiyalar yordamida dunyomizni ekologik toza qilishni istagan barchamutlaqo BEPUL qatnashishi mumkin. Biz qanday IT loyihalarini qidiramiz: 🌱ekologik muammolarni hal qiluvchi — havoning ifloslanishi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ichimlik suvi yetishmasligi va boshqalar; 🧑‍💻 yaxshi ishlab chiqilgan — maqsad, vazifalar va amalga oshirish rejasini tuzgan; 🤝 amalga oshirish uchun hamfikr insonlarni va sheriklarni izlayayotgan. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Vazirligi tomonidan eng yaxshi loyihalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — 20 million so‘m 2-o‘rin — 15 million so‘m 3-o‘rin — 10 million so‘m G‘olib, shuningdek, festivalning bosh homiysi va bosh tashkilotchisi – Realsoft dasturiy ta’minot kompaniyasi bilan birgalikda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyihangizni taqdimot formatida 3-may soat 10:59 ga qadarshaklni to'ldirib topshirishingiz mumkin — xakaton mutaxassislari barcha arizalarni baholaydilar va sizni 4-may kuniAstrum IT akademiyasida boʻlib oʻtadigan pitchingga taklif qilishadi. Natijalar 5-may kuni kechki payt Markaziy bog‘dagi festival o‘tkaziladigan joyda e’lon qilinadi.