TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2513

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni946Numero di visualizzazioni
Pubblicato7 mag07/05/2024, 07:47
Contenuto del post

Contenuto

#Intervyu 10 million so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan Start-uplar muallifi bolalarning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarga zamonaviy texnologiyalar yordamida yechim topmoqda IT dunyosida ayollar o‘rni yildan yilga tobora ortib bormoqda. Bugun sohada o‘z o‘rnini topish bilan birga jamiyatimizdagi muammolarni hal qilib kelayotgan ayollar soni juda ko‘p. Bugungi suhbatdoshimiz tibbiyotdagi muammolarga zamonaviy texnologiyalar yordamida yechim topayotgan olima qizlardan. Toshkent Davlat Texnika Universiteti doktoranti Yulduzxon Kamolova yaratgan qulog‘iga koxlear implant o‘rnatilgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini yo‘lga qo‘yishgan qaratilgan Start-up 350 million so‘m miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirilgan. Ushbu dastur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi bolaga koxlear implant o‘rnatilgandan so‘ng nutq nuqsonlarini aniqlab, bartaraf etishga yordam beradi. Darvoqe, Yulduzxonning yana bir Start-up loyihasibolalarda yurak nuqsonlarini va qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va operatsiyasiga tayyorlash dinamikasini kuzatishga qaratilgan dasturiy-apparat ta’minotini o‘z ichiga olgan bo'lib, 850 million so‘m miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirish arafasida. Yulduzxon bilan uning bugungi faoliyati, yutuqlari va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdik. Bugun startaplari qariyb 1 mlrd so‘m miqdorida moliyalashtirilgan Yulduzxon startap yaratish jarayonida turgan yoshlar o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. ✔️Yulduzxonning barcha ishlanmalari Intellektual mulk muhofazasi hujjatlariga ega.