Contenuto
“Buvim hamma qiz nevaralariga sizlar ham aytishnik bo‘lasizlar deb aytadilar” Arabiston kompaniyasida frilanser bo‘lib ishlayotgan qiz bilan suhbat Toshkent Xalqaro Westminster Universitetini Business Information Systems yo‘nalishini tamomlab, Saudiya Arabistonning Barq kompaniyasida middle front-end dasturchi bo‘lib ishlayotgan Sabohat Kalandarova haqida avvalroq xabar bergandik. Sabohat bilan batafsil suhbat qilish maqsadida uni Unicon Soft kompaniyasining Media Markaziga taklif qildik. Kompaniya matbuot kotibi Naima Halilova bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida Sabohat: ✅faoliyatini nimadan boshlagani; ✅oilasidagi muhit; ✅nima uchun aynan qizlar AyTi bilan shug‘ullanishi kerakligi haqida so‘zlab berdi. ➡️Shuningdek Sabohat IT sohasida faoliyat yuritishni nimadan boshlash kerakligi borasida o‘zining tavsiyalarini berib o‘tdi. “Buvamlar doim ota-onamga qarab, qizlaringni albatta o‘qitinglar derdilar, buvim esa men dasturchi bo‘lganimdan keyin hamma qiz nevaralariga sizlar ham aytishnik bo‘lasizlar deb aytganlar” — suhbat jarayoni sizni befarq qoldirmasligi aniq.