Contenuto
#Faqat_qizlar_uchun Qiymati 24 million so‘m bo‘lgan kursda mutlaqo bepul tahsil olib, yuqori daromadli ishga joylashishni istaysizmi? IT sohasida yuqori daromadli kasb egasi bo‘lish istagida bo'lgan qizlar diqqatiga! Siz IT sohasida tahsil olib, dunyoning yetakchi kompaniyalarida masofadan yuqori daromadli ishda faoliyat yuritishni istaysizmi? Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda MAAB Innovation kompaniyasi xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish maqsadida 50 foizlik ta’lim grantini e’lon qiladi. 👩💻18 dan 35 yoshgacha bo‘lgan 5 nafar xotin-qiz qiymati 24 million so‘m bo‘lgan kursda mutlaqo bepul tahsil olib, yuqori daromadli kasb egasi bo‘lishi mumkin. Sizning ishga joylashishingiz MAAB Innovation kompaniyasi tomonidan to‘liq ta’minlanadi. Ta'lim pulini ishga joylanganingizdan so'ng maoshingizning bir qismidan bo'lib to'laysiz. Kelajak kasbini bepulga o‘rganib, IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurmoqchi bo‘lsangiz, TANLOVDA QATNASHING! 📍Sinovdan o'tgan qizlar 10 oy davomida Toshkent shahrida offlayn shaklda tahsil oladi. Ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunga qadar ushbu havola orqali davom etadi. ⚠️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!