Contenuto
"IT sohasida ishlagan ayollar beli og‘rimasdan pul topishadi" — «Fond bozorining axborot-resurs markazi» 1-toifali ma'lumotlar bazasi administratori Shaxzodaxon ATAXANOVA. “Doim o‘z ustingizda ishlamasangiz sizdan zo‘ri chiqadi”, degan tamoyilga amal qiladigan Shaxzodaxon har oy o‘z sohasida yangi ko‘nikmalarni o'rganishga harakat qiladi. U bugunga qadar Oracle Database , Huawei'ning Seeds for the Future , Game Dev, Data Analysis kabi 10 dan ortiq Xalqaro kurslarni tamomlab , sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Buni doimiy ravishda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish uchun juda yaxshi imkoniyat deb hisoblaydi. "Qizlar onlayn kurslarda o'qib xalqaro sertifikat olib ham uyda o'tirib, kamida 500-600 dollar oylik daromad topishlari mumkin" Xalqaro sertifikat xarajatlarining Davlat tomonidan qoplab berila boshlangani Shaxzoda kabi yoshlar uchun ayni muddao. Bunday bilimlar orqali Shaxzodaga har oy kamida bir marotaba Linkedin ijtimoiy tarmog‘i orqali xalqaro kompaniyalardan ish taklifi kelib tushadi. Shaxzoda bilan uning faoliyati, qizlar uchun IT'dagi imkoniyatlar hamda xalqaro sertifikatlarning afzalligi xususida suhbatlashdik. Batafsil suhbatni quyidagi havolada ko'rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=R6ioBQ5Ww5Q