Contenuto
Bilasizmi, IT o'quv markazlarini tamomlaganlar qancha maosh olyapti? 📊2024-yil uchun IT kurs bitiruvchilarni ishga joylashtirish tahlillari: 🟢Ishga joylashish ko‘rsatkichi: Jami 15,393 nafar bitiruvchilardan 4,995 nafari ishga joylashgan, bu esa umumiy 32.47% ko‘rsatkichni beradi. Bu raqobatbardosh mehnat bozorini yoki ijobiy ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini ko‘rsatmoqda. 🌍 Ishga joylashgan bitiruvchilarning 8.81% (440 nafari) IT eksport qiluvchi kompaniyalarda ish topgan. 💼 2024-yil uchun eng yuqori maosh to‘laydigan IT kasblari: 1. System administrator: 10 mln. so‘m; 2. Project Manager: 10 mln. so‘m; 3. Mobile Developer: 9,8 mln. so‘m; 4. Database Manager: 9,2 mln. so‘m; 5. AI/ML Engineer: 8,4 mln. so‘m. 📎 AI/ML, kiberxavfsizlik va boshqa sohalarda kuchli talab va raqobatbardosh maosh olayotgan yoshlar ham tobora ko‘paymoqda. * Ushbu ma’lumotlar IT talents dasturi doirasida IT park rezidenti bo’lgan IT o’quv markazlar tomonidan CRM platformasiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllangan. Darvoqe IT ta'lim va frilansing yo'nalishi sizga qiziq bolsa, u holda 19-sentabr kuni soat 10 da ICTWeek Uzbekistan 2024 haftaligi doirasida CAEx majmuasida o'tkaziladigan Forumga keling! Bepul avtobuslar shu kuni shaharning 5 nuqtasidan har soatda qatnaydi. Avtobuslar jo‘naydigan manzillar. Ma'lumotlar Raqamli Texnologiyalar Vaziri o’rinbosari Rustam Karimjonov sahifasidan olindi.