TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2620

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni890Numero di visualizzazioni
Pubblicato30 ott30/10/2024, 10:01
Contenuto del post

Contenuto

"Kasbi va dunyoqarashi bir xil insonlar oilada ham, hayotda ham bir-birlariga ko‘makchi bo‘lishadi" — AyTi bog'lagan taqdirlar IT sohasida ham aynan kasbi sababli bir-biriga ko‘ngil qo‘yib, oila qurgan yosh oilalar ham borligi juda quvonarli. Juftligimiz Fond bozorining axborot-resurs markazi mutaxassislari Shahzoda hamda Abbosxon ATAXANOVLAR. Qahramonimiz Shahzoda Markazning Ma’lumotlar bazasi administratori, Abbosxon esa tarmoq administratori lavozimlarida faoliyat yuritadi. Ular 5 oylik Amirxonning ota-onasi. “Munosabatlarimiz do‘stlikdan boshlangan. Turmush o‘rtog‘im bilan tengdoshligimiz sababli turmush qurish taklifi men uchun kutilmagan bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘imning mehribonligi, e’tibori, dunyoqarashi zamonaviyligi oila qurish taklifiga rozilik bildirishimga sabab bo‘lgan”, — deydi Shahzoda. Abbosxon esa ayoli Shahzoda u faoliyat yuritadigan Markazda yosh kadr sifatida ish boshlaganda, unga ko‘ngil qo‘ygan. “2021-yilga qadar IT sohasida qizlar borligi xayolimga ham kelmagan. O‘zbek qizlari orasida sohaga qiziqadigan va unda faoliyat yuritadiganlar sanoqli edi. Ayolim bizning Markazda yosh kadr sifatida ish boshlaganda, katta orzu-havaslar bilan uni bo‘lajak turmush o‘rtog‘im deb tasavvur qilib, ko‘ngil qo‘ydim. Ayolim bilan sohamiz deyarli bir-biriga yaqin, shu bois faoliyatimdan kelib chiqib, men unga yordam qo‘lini cho‘zaman, bunga javoban u ham mendan yordamini ayamaydi. Bu yil Turin politexnika oliygohini bitirdim, hatto o‘qish jarayonida ham u menga o‘zining juda ko‘p yordamini berdi, qo‘llab-quvvatladi. Bir sohada, bitta korxonada ishlayotganimiz biz uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Bizning doim muhokama qilish uchun mavzuimiz bor. Doim yangi loyihalar, rejalar ustida fikr almashamiz – turmush o‘rtog‘ingiz siz maslahat olishingiz yoki shunchaki yoqmagan narsadan shikoyat qilishingiz mumkin bo‘lgan eng to‘g‘ri inson bo‘ladi” , — deydi u. “Kasbimiz orzularimizga erishtiradi” “Turmush o‘rtog‘im bilan qiziqishlarimiz ham o‘xshash. Sayohatlar jonu dilimiz. To‘ydan keyin maoshimizdan o‘zimizga Dubayga sayohat sovg‘a qilganmiz. Kasbimiz bizni barcha orzularimizga erishtirib, orzu ekanligini unutishga yordam beradi”, — deydi Shahzoda. “Urishib qolsak ish bahona yarashib olamiz” Hamma oilada bo‘lgani kabi Abbosxon va Shahzodaning oilasida ham kichik nizolar bo‘lib turadi. Bu nizolarni hal qilishda ham ularga ishlari yordam beradi. “Bir jamoada ishlaganimiz sababli ish jarayonida bir-birimiz bilan muhokama qilish lozim bo‘lgan loyihalar va vazifalar bo‘ladi. Shu bahona har qanday oilaviy nizo mana shu joyda unutiladi. Kasbi, dunyoqarashi bir xil insonlar oilada ham, hayotda ham bir-birlariga ko‘makchi bo‘lishadi. Bunga o‘z hayotim misolida guvoh bo‘ldim”, — deydi Shahzoda. Avvalroq qahramonimiz Shaxzodaning bevosita faoliyati haqida reportaj tayyorlagan edik: 👉https://www.youtube.com/watch?v=R6ioBQ5Ww5Q