TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2661

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni953Numero di visualizzazioni
Pubblicato23 dic23/12/2024, 10:20
Contenuto del post

Contenuto

🏆 IT sohasidagi xotin-qizlar uchun “Yulduz Tech Awards” mukofotlash marosimi Xotin-qizlarning IT sohasidagi roli yildan-yilga ortib, ular innovatsion yechimlar yaratuvchilari, texnologik loyihalar yetakchilari va raqamli o‘zgarishlarning muhim ishtirokchilariga aylanmoqda. 🌟 IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnatiga munosib baho berish, ularni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ilk bor “Yulduz Tech Awards” mukofoti marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir ayollarning IT sohasida yangi marralarni zabt etishiga ilhom beradi va ularning jamiyatdagi o‘rni hamda ta’sirini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 💬 Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar uchun qiziqarli IT QUIZ o‘tkazilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshiriladi. QUIZ’da qatnashishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi: https://forms.gle/gnkR9FBAjjhtwdKb9 Tadbir tavsilotlari: 📅 Sana: 24-dekabr ⏰ Vaqt: 10:00 📍 Manzil: Toshkent, Ibrohim Mo’minov ko’chasi, 4, Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi