Contenuto
UZINFOCOMqizlar uchun noyob stajirovkani boshlayapti! 👩🏻💻 Agar Siz IT sohasida faoliyat boshlashni orzu qilsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Texnologiyalar markazida — aynan UZINFOCOM kompaniyasida tajriba orttirish imkoniyati Sizni kutmoqda! 👩💻 Stajirovka mutlaqo bepul! 🕘Ish jadvali: 5/2, oflayn formatda — to‘liq ishtirok va real tajriba! 📍Manzil: IT Park Tashkent markazidagi zamonaviy ofis Stajirovka yo‘nalishlari: 🔷 Frontend (React) 🔶 Backend (Java / Python) 🧪 QA (testlash) ⚖️ IT yurist 📊 Biznes-analitik 🧩 Data Annotator 📆Davomiyligi: 2,5 oylik intensiv amaliyot 🚀 Sizga nimalar taqdim etiladi: - Yetakchi IT kompaniya ish muhitiga sho‘ng‘ish - UZINFOCOMning eng muhim loyihalarida haqiqiy tajriba - Soha bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislardan murabbiylik - Networking, rivojlanish va jamoada qolish imkoniyati! ⚠️ Joylar soni cheklangan — imkoniyatni boy bermang! 📌Anketani hoziroq to‘ldiring