TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Contenuto del post
Contenuto
Bugun maktab ostonasini tark etayotgan barcha aziz farzandlarimiz bo’lgan bitiruvchilarimizni hayotlarida yodda qoladigan eng hayajonli onlari bilan muborakbod etaman! Jajji bolaligidan qadam qo’yib, 11 yil umrini o’tkazgan muqaddas dargohni tark etish ham quvonch ham afsus ko’z yoshlariga sabab bo’lishi shubhasiz… Maktab ostonasini tark etganimga 21 yil bo’lgan bo’lsada har yili shu kuni o’sha hayajonli onlarni eslayman. Aziz bitiruvchilar! Katta hayotga qo’yayotgan qadamingiz qutlug’ bo’lsin. Hech qachon taslim bo’lmang, doim oldingizga qo’ygan maqsadlar sari olg’a qadam tashlang! Yangi hayotingizda sizga baxt va omad hamroh bo’lsin! Bayramingiz muborak aziz bitiruvchilar!🇺🇿🔔