Contenuto
"IT nimaligini hatto tushunmaganman, hozir esa maqsadlarimning chegarasi yo'q" Shukrona Alisherova Toshkent shahridagi Amity universiteti talabasi Shukrona Alisherova Yaponiyada o‘tkazilgan “Women in Tech” tadbirining “Youth Engagement Award 2025” taqdirlash marosimida O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi. Mazkur tadbir butun dunyo bo‘ylab texnologiya sohasidagi yetakchi ayollar, innovatorlar va talabalarni birlashtirdi. Unda yutuqlar nishonlandi, g‘oyalar almashildi va STEM yo‘nalishlarida gender tengligini targ'ib qilish masalalari muhokama qilindi. Shukrona panel muhokamalari va networking sessiyalarida faol ishtirok etib, raqamli innovatsiyalar va yoshlarni kuchaytirish borasidagi ishtiyoqini namoyon etdi. Shukrona bilan uning IT sohasiga kirib kelgani, loyihalari, qiziqishlari va kelajak rejalari hususida suhbatlashdik. https://www.youtube.com/watch?v=IZVs_jv-7_M&t=12s