Contenuto
🎯BU E'LON AYNAN YOSH INNOVATORLAR UCHUN! 🏆Endi siz nafaqat ishlanmalaringiz, balki g'oyalaringiz bilan ham taqdirlanishingiz mumkin! 🧠 “INNOVATOR” jurnali #Dolzarb_90_kun doirasida "Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida" tanlovini e'lon qiladi! Tanlov shartlari juda oddiy: 🌱 Atrof-muhit uchun foydali va ijtimoiy ahamiyatga ega G‘OYA yoki IXTIRONGIZ bormi? ✍️ Qo'lingizga qog'oz va qalam oling. G'oyangizni suratda aks ettiring va BIZ bilan bo‘lishing! ❗️ O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin. ⚡️Videorolikda to‘liq ism-sharif, yosh va manzil ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. ✔️ 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 📩 Surat va videolaringizni @innovator_jurnali adminiga yuboring! 😆 "ENG KREATIV G‘OYA" VA "ENG DOLZARB ISHLANMA" nominatsiyalari bo‘yicha bir nechta g‘oliblar saralab olinadi va "InnoWeek.2025" xalqaro haftaligi doirasida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!😊 ⚡️Ha, aytgancha, "Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida" tanlovining muddati 10-SENTABRGA QADAR UZAYTIRILGANI HAQIDA MA'LUM QILAMIZ! ❗️G‘oliblar ro‘yxati 25-sentabr kuni 1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ jurnali ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi! 🚀Tanlov SIZga qiziqmi? 🖊Unda qo‘lingizga qalam oling, g‘oyangizni qog‘ozda aks ettiring va tanlovda hoziroq ishtirok eting! Facebook📱 | Telegram📱| Instagram📱