TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2814

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni629Numero di visualizzazioni
Pubblicato23 lug23/07/2025, 12:23
Contenuto del post

Contenuto

BARCHA TANISHLARGA TARQATING: MyGov.uz ilovasi orqali bepul taqiqlab qo'ysangiz, Sizning nomingizga birov ruxsatsiz kredit rasmiylashtira olmaydi! Nomingizga firibgarlar tomonidan kredit rasmiylashtirilishidan xavotirdamisiz? Endi bu xavfning oldini olish juda oson: 1) GooglePlay yoki AppStore orqali MyGov ilovasini yuklaysiz. 2) MyID orqali pasport raqami va tug’ilgan kuningizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaysiz. 3) "Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish" xizmati ( https://my.gov.uz/uz/service/1242 )ni tanlaysiz va faollashtirasiz. Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul! ❗️Ushbu xizmatni faollashtirib qo’ysangiz, Sizning nomingizga hech kim kredit rasmiylashtira olmaydi. Faollashtirilgan taqiq haqidagi ma’lumotlar "Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri"ga kiritiladi, bu esa banklar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan sizga kredit berilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 👉 Ushbu muhim xizmatdan qanday foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanmani ko'rib, o'zingiz va yaqinlaringizni firibgarlikdan himoya qiling! ▶️https://youtu.be/Vh39ZypODT8