Contenuto
🎙 IT Ladies Uzbekistan AudioChat 👩💻Mohira Mirodilova — Data Analyst, Project Manager & IT Community Ambassador IT Ladies Uzbekistan hamjamiyati qizlar bilan doimiy audiochatlar qilib borishni reja qildi. Ilk audiochatimiz mehmoni — zamonaviy IT va Data Analytics sohasida ulkan yutuqlarga erishgan yosh mutaxassis, Mohira Mirodilova! U yosh bo‘lishiga qaramay, xalqaro va mahalliy loyihalarda faol ishtirok etib, o‘z sohasida katta tajribaga ega. Mohira bilan audiochat davomida: 🔹 Data Analytics va Project Management'dagi yo‘li 🔹 UZEX, BYD va CodeVedas Technologies'dagi tajribalari 🔹 IT Community va IT Ladies elchisi sifatidagi missiyasi 🔹 Yosh qizlarga IT sohasida o‘z o‘rnini topish sirlari bilan bo‘lishadi. Chat davomida siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin bo‘ladi. 🗓Sana: 21-avgust 🕒Vaqti: 17:00 da 📍 Joy: Telegram | IT Ladies Uzbekistan AudioChat ✨ Qizlar uchun IT — imkoniyatlar olami. Keling, birgalikda bu olamga sayohat qilamiz! Keyingi audiochatimiz mehmoni siz bo'lishingiz mumkin👌