Contenuto
Hammasi garajdan boshlangan... Google boshida turgan ayoltarixi... 1998 yil. Kaliforniyadagi oddiy uyda yashaydigan ayol — Syuzen Voyjitski ipoteka to‘lovlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha daromad izlardi. U uyining garajini ikki nafar Stenford talabalari Larri Peyj va Sergey Bringa ijaraga berdi. Shu garajda ular o‘z loyihalari ustida ishlashni boshladilar. Ushbu loyiha keyinchalik Google nomi bilan butun dunyoga tanildi. Bir yil o‘tib, Syuzen Google jamoasiga 16-xodim sifatida qo‘shildi. U marketing yo‘nalishini boshqardi, Google Images va AdSense g‘oyalarini ilgari surdi. Keyin esa Google’ga o'shanda kichik videosayt bo'lgan YouTube’ni sotib olishni taklif qildi. O‘sha paytda ko‘pchilik bu qarorga shubha bilan qaradi. Negaki, YouTube — oddiy odamlar qo‘ygan videolar sayti bo‘lib ko‘rinardi. Ammo Syuzen potensialni ko‘ra bildi — va bu to'g'ri qaror bo'ldi. 2014-yilda u YouTube’ning bosh direktori (CEO) bo‘ldi va bu platformani dunyodagi eng yirik videoservisga aylantirdi. Susan Wojcickining hayoti — bu faqat karera haqida emas. Bu oila, mas’uliyat va muvozanatni saqlash haqida hamdir. U besh farzandning onasi. Google’dagi ilk yillarda ham, YouTube rahbari bo‘lgan davrda ham Susan doimo: “Oila — bu mening birinchi jamoam,” — deb aytgan. 2000-yillar boshida Google’da rahbar ayollar juda kam edi. Ko‘pchilik “bolali ayol yuqori lavozimga chiqolmaydi” deb o‘ylardi. Lekin Susan bu stereotipni sindirdi. U jamoasiga har doim shunday derdi: “Siz ayol bo‘lganingiz uchun emas, inson bo‘lganingiz uchun qimmatlisisiz.” “Bolaligimda menga hech kim ‘bu sening qo‘lingdan kelmaydi’ demagan. Men ham shunday muhit yaratishga urundim” Susan uchun muvaffaqiyat — bu “birinchi bo‘lish” emas, balki odamlarga haqiqiy imkoniyat yaratish edi. Shu sababli u YouTube’ni dunyodagi har bir inson o‘z ovozini eshittira oladigan platformaga aylantirdi. Uning yo‘li bizga bir narsani o‘rgatadi: “Ishonch va mehr bilan qilingan har bir ish — dunyoni o‘zgartira oladi.” Xo'sh bundan qanday saboq olamiz: Syuzen dasturchi yoki muhandis emas edi. Ammo u odamlarda va g‘oyalardagi imkoniyatni ko‘ra olardi. Va aynan shu qobiliyat uni IT dunyosidagi eng ta’sirli ayollardan biriga aylantirdi. 2022-yilda Forbes uni $765 mln boyligi bilan dunyoning eng Obro'li ayollari ro'yxatiga kiritgan. Syuzen 2024-yilda 56 yoshida onkologiya sababli olamdan o'tgan. ❓Siz ham hayotingizda katta yo‘lning boshlanishi bo‘lishi mumkin bo'lgan “kichik imkoniyatlar”ni payqay olasizmi?