TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2904

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni558Numero di visualizzazioni
Pubblicato7 nov07/11/2025, 12:24
Contenuto del post

Contenuto

IT sohasida muvaffaqiyat qozongano’zbekistonlik qiz Pokistonlik hamkassbi bilan turmush qurdi O’zbekistonlik qiz Sabohat Qalandarova nafaqat IT sohasida muvaffaqiyat qozondi, balki shaxsiy hayotida ham yangi bosqichga qadam qo‘ydi! Yodingizda bo'lsa Sabohat Qalandarova haqida yozgandik. U 2023-yilda Toshkent Xalqaro Westminster Universitetini Business Information Systems yo‘nalishida tamomlab, Saudiya Arabistonning Barq kompaniyasida middle front-end dasturchi sifatida faoliyat yuritgan. Talabalik davrida Upwork platformasida frilanserlikni boshlagan va Top-Rated Developer darajasiga erishgan. Sabohat hayotida yangi bosqich: yaqinda u Pokistonlik IT mutaxassisi Abdullah Mohammad bilan turmush qurdi. To‘ylari Toshkent va Pokistonda bo‘lib o‘tdi. Ular dastavval Dubayda yashashni keyinchalik O‘zbekistonga qaytishni reja qilib qo‘yishgan. Cyber Security mutaxassisi bo'lgan Abdullah Mohammad hozirda Tech Recruiter sifatida faoliyat olib bormoqda. IT Ladies jamoasi Sabohatni yangi hayotga qo'yilgan qadam bilan tabriklaydi va oilaviy baxt tilab qoladi!