TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Laylo Rustamova
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT POST

Post #2957

@iteducation_pr

Laylo Rustamova

Visualizzazioni769Numero di visualizzazioni
Pubblicato3 feb03/02/2026, 12:02
Contenuto del post

Contenuto

❗️Nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying Bugungi xabarlar fonida sizga qattiq tavsiyam, nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying. Buni nafaqat o’zingiz uchun, balki ota-onangiz va yoshi kattaroq boshqa oila a’zolaringiz uchun ham amalga oshiring. ❓Buning uchun nima qilish kerak? my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash” xizmati bor, o’sha xizmatni faollashtiring. ❓Bu nima degani? Siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga taqiq qo‘yasiz. Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi. Mazkur xizmatdan foydalanish bepul va juda oson. ℹ️ Ma’lumot uchun: ✅ "Yoqilgan" statusi— kredit olishga taqiq o’rnatilgan degani; ❌ "O’chirilgan" statusi — taqiq yo’q degani. 👉@xushnudbek👈