TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Contenuto del post
Contenuto
So`zlamoq ersang gapingni, Burkama pardoz bilan. Kelsa kim qoshingga, boqqin E’tibor, e’zoz bilan. Jism-u joning birla tingla Do`st-u yorlar suhbatin, Inson insondir hamisha Hamfikr, hamroz bilan. Toma-toma ko`l bo`larmish – El aro bordir naql, Bir butun olam yaralmish Kam-kamu, oz-oz bilan. O`z kamolingga o`zing sen Posbon-u soqchi bo`l. Xokisor-u xor etma Ulfati nosoz bilan. Tolma oltin tog`i birla Qolsa odat istasang, Odamiylik deb atalmish Bebaho me’ros bilan. Yo`q, umr yo`li uzilmas, Zoye ketkurma uni, Qaydagi nokas-u nomard, Qaydagi vosvos bilan. To abad Oxunjoningni Bog`la mahkam roz bilan. Bog`la mahkam roz bilan… She’r muallifi: Oxunjon Hakim