Contenuto
#Taqriz_tanlov Xayriddin Sultonovning “Kongil ozodadur” qissasiga taqriz Jaholat qurbonlari Adabiyotshunoslar XX asr ozbek nasrini ikkinchi yuksak choqqiga qiyos etadilar. Darhaqiqat, bu davrda adabiyotimiz shu qadar yangroq ovozga ega boldiki, bu ovoz yillar otsa-da, oz ohanrabosini yoqotmay kelmoqda. Olamshumul ixtirolarning kashf qilinishiga muhtojlik turtki bolgani kabi bu davrdagi erksizlik, hukmron tuzum zulmi adabiyotimizda shunday ijobiy “portlash” sodir etgan bolsa, ajab emas. Mazkur davr adabiyotini kuzatish davomida asarlarda ijtimoiy muammolarning yaqqol boy korsatganiga guvoh bolamiz. Albatta, bu asosli ham. Zero, M.Sholoxov ta’kidlaganidek: “Kitobxon derazang roparasida qanday daraxt osishini, qishloging oldida qanday daryo oqib otishini bilmasa, sen qanday yozuvchi bolding?” Shunday ekan, oz muhiti bilan qiziqmagan, millat dardini asarlarida aks ettirmagan yozuvchini chinakam ijodkorlar safiga qoshib bolmaydi. Xayriddin Sultonov ham oz ijod na’munalari bilan nasrimiz gulshanini yashnatayotgan iste’dodli nosirlardan biridir. Adibning biz tahlil qilmoqchi bolgan “Kongil ozodadur” asari istiqlol ostonalarida (1986-yil) yaratilgan bolib, davrning dolzarb masalalari, mafkura tazyiqi, umuman, qayta qurish yillaridagi ijtimoiy muammolarni qamrab oladi. Asar konsentrik sujet asosida (tasvirlangan voqealar xronologik ketma-ketlikda emas, aralash tarzda) yaratilgan bolib, asosan, personaj tilidan hikoya qilinadi. Asarda xayoliy-hayotiy voqealarga qorishiq millat dardi ustalik bilan singdirilganki, “Zarbulmasal” asaridagi kabi majoz orqali haqiqiy hayotga ishoralar boy korsatgandek boladi. Asarning markaziy qahramoni, fojeali muhabbat va qismat egasi Gulom qissa nomiga monand sofdil, samimiy, vijdoni uygoq shaxs. Buni birgina yoshlik gorligi tufayli Tursunning ustidan kulganligi uchun qanchalik azoblanganligi sahnasidan ham anglash mumkin. Adib shu orinda qahramon xarakterini tavsiflay turib, davrning chirkin siyosatini ham ifoda qilib otgan. Umuman, muallif asarga qistirma epizod – Tursun obrazini kiritishdan maqsadi ham ayni shu: paxta siyosatining qanchalik shafqatsiz avj olganligi va hukmron tuzum xalqni arzon ishchi kuchiga aylantirib qoyganligi; millat kelajagi bolgan yosh avlodga ham rahm qilinmaganligini korsatish bolgan. Ayni shunday sahna Togay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida ham mavjud: murgak bolaning bevaqt vafoti kitobxon qalbini larzaga solsa-da, oz davrida mutlaqo ahamiyatsiz qaralgani bugungi kunda eng oliy qadriyat hisoblangan inson huquqlari, qadr-qimmatining qanchalar arzon bolganligidan darak beradi… Shuningdek, adib Rahmon boboga qilinayotgan munosabat va Safar, Shodiyor obrazlari orqali yot mafkura ta’sirida ozligini yoqotayotgan millat haqida qaygurib sozlaydi. Shuning barobarida hayotning har qanday qoraliklarini yuvib ketuvchi pokiza muhabbatni tarannum etadiki, qissa orqali yuzaga kelgan xiyla tushkunlikni tos-tos qilib yuboradi. Yakuni kongilsiz bolgan bu begubor munosabatda akslangan haqli fikrlar kitobxon ongiga beixtiyor muhrlanadi: “Muhabbatning yagona sharti bor, bu – tenglikdir, bu tuygu yoq joyda har qanday ezgu niyat gorat topur, ishq olamida birovning qulligi-yu ikkinchi birovning istibdodi boshlanur…” Muhabbati, umri-da fojeaga yuz tutgan qahramon oquvchi qalbida vijdon sofligi, kongil ozodaligi hamma narsadan ustun ekanligiga dalil bolib qoladi. Asar songida hayot yelkanlariga urilib, yonalishni yoziq tomon buruvchi taqdirning muhaqqaq ekanligiga iymon keltiriladi: “…anda Boyogli bildiki, taqdirni tadbir yengi bilan yashirib bolmas ekan…” Maftuna Nurboyeva