TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT CHAT

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

@kitobxonlar_d

Libri

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot

Iscritti205Iscritti attuali
Post tracciati415Post indicizzati
Reach recente38,519Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 1 di 35 · 415 post

Pubblicato 24 gen

#ой_китоби Демак "Ой китоби" лойиҳаси январ ойи учун яқинда таржимаси чиққан, жаҳонда эса кўпчилик учун мақсадлар қўйиш ва уларга етишга ёрдам берувчи бестселлер асар Жеймс Клирнинг "Атом одатлар" китобини таклиф қилмоқчиман. Китоб бизда сотувга чиққан, электрон шаклда Asaxiybooks дастуридан ҳам сотиб олиб ўқишш мумкин. Пдф да йўқ ва ташлаб ҳам берилмайди. Чет тилларида эса интернет тармоғидан топиб ўқиш мумкин. Муддат сифатида 5-феврални белгиламоқчиман. Шу куни гуруҳда муҳокама қиламиз, савол жавоблар ўтказамиз ва талабга кўра телеграмда аудиочат ҳам ташкил қилармиз. Унгача китобга тақризлар, иқтибослар пост қилиб туриш мумкин. Албатта ҳар бир йўналишларда тақдирлаш бўлади. Бу муҳокамалар қизиқарли ўтиши, лойиҳа тақдирига боғлиқ. Шу постга кимлар китобни ўқиб муҳокамада қатнаша олишини белгиласин чи? Шунга қараб иш кўрамиз. П. С китоб муҳокамаси аудиочатда шу каналда бўлиб ўтади. https://t.me/kitobxonlar_d

6,620 views

Pubblicato 19 gen

Google'ga kirib "eng taraqqiy etgan mamlakatlar" deya qidirsangiz, shubhasiz Amerika va Yevropa davlatlari, osiyo yo'lbarslari chiqib keladi. O'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak olamning ilm va taraqqiyot o'choqlari musulmonlar yurtida edi. O'rinli savol tug'uladi. Nega hozir rivojlangan davlatlar qatorida emasmiz? Savolning javobini topishning eng to'g'ri yo'li deb aynan o'sha unutilgan tarixni tiklash, qadim musulmon olimlarining asarlarini o'rganish va o'zbek tiliga tarjima qilish deb hisobladik. Ufqbu — qadimgi musulmon olimlarining asarlarini o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilishni qasd qilgan yoshlar jamoasidir. Maqsadimiz yana oramizdan dunyo tan olgan olimlar chiqishiga erishishdir. Unutilgan ufqlarni qayta kashf etamiz! Kanalga ulanish uchun👉t.me/ufq_horizon

4,530 views

Pubblicato 14 gen

Diqqat, tanlov! Hurmatli qizlar! Bayram munosabati bilan kichik tanlov e'lon qilyapmiz. Bu tanlovda faqat qizlar ishtirok etishadi. Qizlar izohlarda o'zingizga yaqin do'stingizni (erkak kishi) belgilang. U inson otangiz, yoringiz, do'stingiz, aka yoki ukangiz, sizga doimo kitob sovg'a qiladigan qadrdoningiz bo'lishi mumkin. O'zingiz yoki birorta dugonangizni belgilab qo'ymasangiz bas. 😂 Ularning kitob yutib olishlariga siz yordam berishingiz mumkin. Bitta izohda faqat bir kishi belgilanishi lozim. Izohlar soni esa cheklanmagan. G'oliblarni (uch nafar) bugun kech soat 21:00da jonli efir orqali Commentpicker servizi orqali aniqlaymiz. G'oliblarga homiyimiz Zukko Kitobxon nashriyotidan kitoblar sovg'a sifatida taqdim etiladi. Barchaga omad yor bo'lsin!

3,960 views

Pubblicato 31 dic

❄️ Postlar va ularga nisbatan kommentlar va reaksiyalar natijalari

2,980 views

Pubblicato 31 dic

❄️ KD guruhida dekabr oyining TOP postlari!

2,730 views

Pubblicato 31 dic

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, inson bir yilda o'rtacha 12 ra kitob o'qisa normal deb qabul qilinar ekan. Demak, oyiga bittadan kitob. Kitobxonlar davrasi va Zukko Kitobxon loyihalari birgalikda maxsus jadval tuzib chiqdik. Jadvalda bir yillik o'qib chiqqan kitoblaringiz ro'yxatini tuzib chiqishingiz mumkin. Ro'yxatda bir oy uchun uchtadan kitob uchun joy ajratdik. Guruh a'zolari uchun bu ham kamlik qiladi, aslida. 😉 Shunchaki .pdf formatdagi faylni rangli printer orqali chiqarib olib, kutubxonangizga joylab qo'ying va yil oxirida birgalikda sarhisob qilamiz.

2,620 views

Pubblicato 20 dic

Kechagi uchrashuv umuman olganda, yaxshi o‘tdi deb o‘ylayaman. Bir necha shartlar tayyorlagan edik. Tanishuv shartida ko‘pchilikning guruhga kirishiga Sadoqat opa sabab bo‘lganlari ma'lum bo‘ldi. Dildora opa tuzgan savollar yaxshigina o‘yga toldirdi. Undan so‘ng Ma'rufjon aka shart o‘tkazdilar. Otabek akaning shartlarida badiiy adabiyot bilan tanish bo‘lmagan kishilar ham mantiqiy savollarga javob berib, sovrin yutish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Dilfuza ismli qiz shartlar tayyorlashga ancha kreativlik bilan yondashar ekan. Hatto sahnaga chiqqanlarga onalariga qo‘ng‘iroq qildirib, she'r o‘qittirdi. Undan keyin KD ning uchrashuvlar tarixidan lavha tomosha qildik. Viloyatlarda KD uchrashuvlarini tashkil qilganlar taqdirlandilar. Dostonjon akaning shartida o‘zbekchaga o‘girilgan asarlarning tarjimonlarini topishga urinib ko‘rildi. Ko‘p ham kitob o‘qimaydiganlar Sadoqat opaning shartida kinodan olingan suratga qarab film nomini topishdi) Abbos aka "Men kimman" shartida qahramon tilidan o‘zini tasvirladi. "Baxtli raqam" — so‘nggi shart. Random orqali raqami chiqqanlar (deyarli hamma)) kitob olishdi. Tushlikdan so‘ng esa taklif qilingan faxriy mehmonlardan ma'ruza va savollarga javoblar tinglandi. Bu safargi uchrashuvga siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Hamid Sodiq akalar taklif qilindi. O‘ylaymanki, bu uchrashuv ham manfaatsiz bo‘lmadi. Barchaga rahmat! Kitob o‘qing, taqriz yozing, guruhda fikrlaringiz bilan bo‘lishing. @odilxonorifjonov

2,240 views

Pubblicato 19 dic

Bugungi Kitobxonlar uchrashuvida siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Hamid Sodiqlar faxriy mehmonlarimiz bo'lishdi. Quyidagi havola orqali Kamoliddin Rabbimov ma'ruzasini tinglashingiz mumkin. Ma'qul ko'rsangiz, layk bilan qo'llab-quvvatlang va fikrlaringizni yozib qoldiring. https://youtu.be/Hj_YyK6fk7g

1,800 views

Pubblicato 11 dic

​​Assalomu alaykum, kitobxon do'stlar! Bundan roppa-rosa 10 yil oldin facebook ijtimoiy tarmog'ida "Siz o'qigan ilmiy va badiiy asarlar" guruhi o'z faoliyatini boshlagan edi. O'sha paytlardanoq kitob ixlosmandlarini bir yerga yig'gan guruh 2017-yilda "Kitobxonlar davrasi" deb qayta nomlandi va har yili 19-dekabrni kitob bayrami sifatida nishonlash odat tusiga kirdi. Guruhda avvaldan bor kitobxonlar onlayn tarzda o'tkazilgan ushbu bayramlarimizni iliq taassurotlar bilan eslashsa kerak. Bu yil 10 yillik yubileyimiz munosabati bilan ushbu bayramni real hayotda nishonlashga qaror qildik. Shunday qilib, shu yilning 19-dekabr yakshanba kuni "Book.uz" kitoblar markazida bo'lib o'tadigan o'ziga xos bayramimizga barchangizni taklif qilamiz. Tadbirimizda sizlarni kitob bilan bog'liq bir-biridan qiziqarli shartlar, nashriyotlarning turli tanlovlari, bir dunyo sovg'alar, eng muhimi kitobxonlar davrasining samimiy suhbati kutmoqda. Guruhimizni tom ma'noda o'zbek kitobxonlarini bir yerga yig'gan dastlabki kitobsevarlar guruhi deya olamiz. Avvalgi uchrashuvlarda ishtirok etganlar tadbirlarimiz haqida tasavvurga egalar. Guruhga yangi qo'shilganlar, sizlar ham davramizda ishtirok eting va o'zingiz uchun yangi bir muhitni kashf eting. Bizda begonalar yo'q, zero bizni kitob birlashtiradi!

4,059 views

Pubblicato 4 dic

Subject Nazar kanalida eʼlon qilingan maslahat va tavsiyalar 📝Maqolalar 🔹Deputatlikka nomzodlar uchun 7 tavsiya 🔹Haqiqatparvarga 7 tavsiya 🔸Universal tavsiyalar 🔹Uyda oʻtirib ishlaydiganlar uchun foydali 12 tavsiya 🔸Eng ilgʻor onlayn kurslar 🔹Vahshiylikdan himoyalanish haqida 🔸Biomassadan ajralish uchun tavsiyalar 🔸„Yoshim 25 da boʻlganida“ 🔹Masofaviy ishda zarur boʻladigan koʻnikmalar 🔹Kelajak kasblari 🔹Qimmatli xodim boʻlish uchun tavsiyalar 🔸Yoshlarga oʻgitlar 🔸Tafakkurni rivojlantirish, qanday kitoblarni oʻqish haqida 🔸Dangasalikni yengish haqida 🔸Muvaffaqiyat, maqsad, rejalar, talant haqida 🔹Tejamkor boʻlish uchun 🔹Kitob oʻqiganda uyquni yengish 🔹Foydali telegram kanallar 🔹Tadbirkorlar uchun tavsiyalar 🔹Iqtisodchilar uchun tavsiyalar 🔹Kreativlikni oshirish uchun 🔹Tafakkurni rivojlantirishda ishni nimadan boshlash kerak? 🔸Oʻttiz yoshdan oshganlar uchun tavsiyalar 🔹Zamonaviy va kelajak kasblari uchun zaruriy koʻnikma, qobiliyatlar haqida hisobot 🔹Qiyin kitoblarni „engish“ 🔹Neojadidlarga tavsiyalar 🔹Zamonaviy texnologik va biznes trendlarni kuzatib borish uchun baʼzi manbalar 📚Kitob taqrizlari 📕Aeroport 📗Galliya jangnomasi 📘Saljuqlar 📙Meksikalik 📒Latta 📚Tadbirkorlar uchun kitoblar roʻyxati 📖Fikrlash nima 📚Falsafiy kitoblar 📽 Kino tavsiyalar 📹Mart idalari 🎥Yomgʻirdan soʻng 📽Fuqaro Keyn 🎥Mendirman Boburshoh 📹Damiani kinolari 🎞Moliya va biznes boʻyicha kino tavsiyalar 🔴Youtube strimlar 🔺Savol-javoblar 1 🔺Savol-javoblar va CHTQK 2 🔺Savol-javoblar va CHTQK 3 🔺Savol-javoblar va CHTQK 4 🔺Savol-javoblar va CHTQK 5 🔺Savol-javoblar va CHTQK 6 🔺Savol-javoblar va CHTQK 7 🔺Savol-javoblar va CHTQK 8 🔺Savol-javoblar va CHTQK 9 🔺Savol-javoblar va CHTQK 9 (davomi) 👉🏻@jamshidmuslim

1,670 views

Pubblicato 29 ago

​​🥊Жек Лондон — "МЕКСИКАЛИК" "Унинг қора кўзлари жуда совуқ боқар, назари аллақандай заҳарли эди. Бу кўзларда поёнсиз ғазаб, чексиз кек ўти ёниб турарди" "Унга қараб туриб, йиғлаб юборай дейсан киши, – деди Мэй Сэтби, – унинг ошна-оғайниси йўқ. У ҳаммани ёмон кўради. Истаги, мақсадига шерик бўлганимиз учун ҳам бизга ёмон кўз билан қарамайди. У ёлғиз, ёппа-ёлғиз" "Денни ўз рақиби томон келмоқда эди. У энгашди, икки қўли билан Риверанинг ўнг қўлини ушлаб, чин юракдан маҳкам сиққан бўлди. Денни кулиб турган юзини унинг юзига жуда яқин олиб борди. Томошабинлар Деннининг мард боксёр эканлигига қойил қолиб, унга таҳсин ўқидилар: у ўз рақиби билан худди ўз укасидай кўришаётир. Деннининг лаблари қимирлади. Томошабинлар ўзлари эшитмаган бу гапни иссиқ саломлашув деб ўйладилар. Шовқин яна кучайди. Денни айтган сўзларни фақат Ривера эшитди: – Ҳазир бўл, мексикалик итвачча, – деб шивирлади Денни ҳамон юзидан кулги аримай. – Ҳозир бутун томирларингни суғуриб оламан!" "...Бола! Гап йўқ, сен зўрсан! Сени ўзим чемпион қиламан! Фақат шу жангдагина йиқилиб берсанг бас!", деган жойларини ҳудди ўз қулоғим билан эшитгандек бўлганман.... Ж. Лондоннинг асарларидан айнан "Мексикалик" ҳикояси менга қадрли. Мени қаттиқ таъсирлантирган асар. Болалигимда камида 5-6 марта ўқигандим. Барча бокс тўғрисидаги Ҳолливуд филмлари (Рокки, Нокдаун (Cindrella Man), Боец (Fighter) ва бошқалар) айнан шу ҳикоядан таъсир ва динамика олган. Аммо, таъкидлайман, асарнинг асосий мавзуси бокс эмас. Бокс ҳикоя қаҳрамони — муҳожир мексикалик йигитнинг олий ғояси йўлида бир восита холос... Дам олиш кунлари келяпти. Шу ҳикояни ўқимай қолдирманг. Таассуротингиз билан бўлишинг. Ўзбекчада Русчада Инглизчада @subnazar

2,180 views

Pubblicato 25 apr

​​Yaxshilik yo‘lida Abituriyentlik davrimda uyda dars qilishga qiynalar, ko‘pincha kafelarga chiqib ketib dars qilar edim. Lekin ular asosan taomlanish uchun ixtisoslashgan, mutolaa uchun mo‘ljallanmagan edi. O‘qishga kirgach, Toshkentda shunday dars qiladigan kichik kutubxonalar bordir, degan umidim puchga chiqdi. Axiyri, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga qatnay boshladim. Lekin u yerda avval registratsiyadan o‘tishga, har kirib-chiqqanda ID-kartani ko‘rsatish, sumkani garderobga topshirish, ruchka-daftarlarni qo‘lda ko‘tarib yurishga to‘g‘ri kelardi. Suvdan boshqa ichimlikni, darslikdan boshqa kitobni olib kirish mumkin emasdi. Shu tarzda, sharoitga ko‘nikib, o‘qib yurdim. Lekin kecha Azon cafe ga kirib, og‘zim lang ochilib qoldi. Ichki interyer shunchaki ajoyib: devordagi polkalarda tematik ajratilgan kitoblar, mutolaa uchun eng qulay bo‘lgan o‘rtacha yorug‘lik, past ovozdagi sokin nashida.. haqiqiy mutolaa muhiti! Har qanday sharoitni yaratib qo‘yishibdi: xushxo‘r ichimliklar, halol taomlar, qulay o‘rindiqlar.. MashaaAlloh, ta'sischilardan, xususan, Mubashshir Ahmad domladan Alloh rozi bo‘lsin... Maqsadga ko‘chsak, men davramizning hurmatli a'zolariga shunday taklif bermoqchiman: o‘zingiz foydalanmayotgan kitoblarni shu kafega keltirsanglar... Sizlar uchun sadaqayi joriya, boshqalar uchun yangi ilm bo‘lib qolar edi. Balki sizdagi kitobni kimdir izlab, topolmay yurgandir... Moida surasi, 2-oyatda aytilganidek, "Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling" @odilxonsarchive

3,130 views
123•••10•••20•••30•••3435
PrecedentePag. 1 di 35Successiva