TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #113

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni662Numero di visualizzazioni
Pubblicato25 set25/09/2019, 18:01
Contenuto del post

Contenuto

#taqriz_tanlov "Ko'ngil ozodadir" Xayriddin Sulton "O'sha yili kuz shunday tiniq, shunday ma'yus kelgan ediki, beixtiyor odamning yig'lagisi kelardi". Qissa "Kuz" fasliga ta'rif berish bilan boshlanadi; tiniq va ma'yus. Qissani tugatganimdan keyin, bosh qahramon G'ulom xuddi kuzga qiyoslangandek his qildim; yosh hazon bo'lgan umr, ko'ngil pokligi, qisqa umr yo'lidagi g'am-dardlar, g'amginlik. Qissa davomida, bir guruh insonlarning bemazmun hayoti aks ettirilgan. G'ulomning ishxonadagi faoliyatini bir og'iz qilib "ozgina" deb ta'rif berishi bejizga emas. "Ozgina salom-alik, ozgina gazetaxonlik, ozgina...... Darvoqe, bu orada "ozgina ish" ham qilib qo'yamiz. Bir kunni bir amallab o'tkazayotgan ishxona xodimlari. Bundan hamma mamnun. Adib bu orqali xalqimizning o'sha davrdagi "Qornim to'yib, bugunim o'tsa bo'ldi" deganini shior qilib olingani ko'rsatib bergan. Keyingi voqealar rivojida, insonlardagi illatlar hozirgi kun va bundan 200 yil dan ham ko'proq vaqt oralig'ida taqqoslab ko'rsatilgan. Taqqoslab deyishimga sabab, "Tarixan cheklangan" deb ta'rif olgan Gulxaniyning "Zarbulmasal" asaridagi qahramonlar va ishxonadagi xodimlar. Oradagi shuncha vaqtga qaramasdan, odamlardagi yolg'onchilik (Yodgor po'stindo'z va Rahbar), haddan ziyod soddalik (Muhammad Yusufboy va Jaloliddin) aslo o'zgarmaganligini ko'rishimiz mumkin. Kuz... Kuzni paxtasiz tasavvur qilib bo'lmasa kerak. Adib qissani davomida paxta terimiga shunday ta'rif bergan; Sakson yashar momoning etak tutgani, to'qson yashar boboning himmat kamarini beliga bog'lagani, besh yashar go'dakning g'o'zaga bo'yi yetmasa-da, umumxalq hashariga otlangani, uch kunlik kelinchakning oq saharni paykal og'ushida qarshilagani..... Shu gaplardan ham ko'p narsa bilib olsak bo'ladi. (Bu haqida ko'p gapirmoqchi emasman) Oq paxta. G'ulomning xotirasida qora kunlarni eslatardi. Bolalarcha Tursunni ustidan kulib, keyin bir umrlik afsuslarni, yoshgina Tursunni umrini yegan va baxtidan, Qunduzidan, yulduzidan judo qilgan kunlarni "Oq paxta" yodiga solardi. Asar so'ngida G'ulom boylik tufayli o'zini dunyoning ustini deb hisoblovchi odamlarga duch keldi. Mol-dunyo tarbiya butkul buzgan Shodiyorga ro'paro qildi. Do'stlikni, qizlar iffatini, sof tuyg'ularni, hurmatni pulga sotib olmoqchi bo'lgan betayinga yo'liqtirdi. Qunduzini, jamiyki qizlarni Shodiyorlar qo'lidan qutqaraman deb G'ulom o'zini qurbon qildi. P.s: G'ulom va Gulxaniyning do'stligi haqida juda ko'p o'yladim. Balki G'ulom ruhiy xastadir degan fikrga ham keldim. Keyin bu fikrdan qaytdim. Yo'q u xastamas. U o'ziga xamdard izladi, do'st izladi, yolg'izlikdan chiqaradigan inson izladi. Qunduzni uchratganda Gulxaniyni o'ylamadi. Ammo uni yo'qotgandan keyin yana Gulxaniyga yaqinlashdi. Haqiqiy hayotda o'zidek pok, sofdil inson topolmadi va o'zi uchun hayoliy do'st yaratdi. Mashhura Raxmatova