TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #114

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni594Numero di visualizzazioni
Pubblicato25 set25/09/2019, 18:16
Contenuto del post

Contenuto

#taqriz_tanlov_2_bosqich #Köngil_ozodadir Xayriddin Sultonov mustaqillik davri, zamonaviy adabiyot vakillaridan biri bölib, uning ushbu Asarida aks etgan ösha davr nohaqliklari va uning qurboni bölgan sofdil, yuvosh, insofli yigit Ğulomning baxtsiz hayoti, taqdiri haqida hikoya qilinadi. Unga qanday ta'rif berishni köp öyladim, erkak kishi hechqachon bunaqa xarakterli bölmasligi kerak, hatto öz sevgan qizini ham qutqarib qola olmagan yigitning taqdiri ölim bilan yakunlanganidan ajablanmadim! U bunga loyiq edi! Erkak kishiga Bunday yashagandan ölgan afzal, hatto yashaydigan joyi uchun ham özi harakat qilmaganidan, qörqoqligidan taqdiri shunday yakun topdi. Achinmadim, chunki inson taqdiri qisman öz qölida deb öylayman. Tuzum va jamiyat esa yanada ajablantirdi, doimgidek özgarmas ijtimoiy hayot. Mustaqillikdan oldingi tuzum shubhasiz hammaga ayon bölsa kerak, azob va xörliklar, tahqirlanish, yosh avlodga bölgan zörlik, qiz bola taqdirining ahamiyatsizligi, boy badavlat insonlarning qöli doim baland kelishi, adolatsizliklar aks etgan asar. Pok köngilli yigit Ğulom kitoblar ichida yashaydigan ilmli yigit, u hattoki öz hayollarida Gulxaniy bilan gaplashishi, masallar va hikoyalarni hayot bilan taqqoslashi orqali ösha davrning, insonlarning nechoğliq vijdonsiz, shafqatsiz ekanligini körish mumkin. Qunduzning ayanchli taqdiri bunga yaqqol misoldir. Töğrisi mustaqillikdan oldingi xalqimiz hayoti haqida gapirishdan charchadim... #Volterning_Zadig_yoki_taqdir asarida esa tamomila boshqacha ma'no mazmun aks etgan. Asar qahramoni sofdil, adolatli, vijdonli yigit Zadig doim baxtsizlik va omadsizliklarga uchrab, öziga köp tajriba orttiradi, aqlli va topqir bölib yetishadi. U omadsizliklardan charchasa ham, harakatdan töxtamaydi, yengilsa ham, kurashdan töymaydi. Mislsiz qiyinchliklar, xiyonatlar, adolatsizliklaru tuxmatlar qurboni bölsa-da, tushkunlikka tushib qolmaydi. Qandaydir kuch uni hayotga bölgan muhabbatini söndirmaydi. Oxir oqibat u taqdirida mana shu qiyinchiliklar borligiga könikadi, shukur qilishni, kurashib yashasagina baxtga yetishishini tushunib yetadi. Hayron qolarli voqealar köp bolishiga qaramay, asarni öqish mobaynida kitobxon undan öziga kerakli motivatsiya olishi mumkin. Zadig bilan Ğulomni solishtirsak, öxshash xarakter, bir xil hayot, qiyinchiliklar, omadsizlik va adolatsizliklar qurshovida qolgan 2ta yigitning 2xil yakun topadigan taqdirlari... Ajablanarlisi shuki, tuzum va jamiyat qanchalik shafqatsiz bölmasin, hayotda nimagadir erishish, yashab qolish insonning öziga boğliq! Muhimi qörquvni yenga olish! Ayniqsa erkak kishi qiyinchilik va omadsizliklardan qörqmasligi, olğa yurishi kerak! Xuddi Zadig kabi baxtga erishish kaliti faqat va faqat olğa yurishda... P/s: haliyam fikrlarimni jamlay olmadim! Oydin Yusupova