TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #119

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni1,430Numero di visualizzazioni
Pubblicato27 set27/09/2019, 05:31
Contenuto del post

Contenuto

#Mumtoz_adabiyot #tavsiya #tanlov Barchamiz yoshligimizdan o'qib katta bo'lgan Navoiy hazratlarining mashhur asarlaridan biri "Hayrat ul-abror"(Yaxshi kishilarning hayratlanishi)dir. Alisher Navoiy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” didaktik ruhning ustuvorligi, obrazlar rang-barangligi, oʻsha davr jamiyatidagi bir qator dolzarb muammolarning roʻy-rost ochib berilishi bilan “Xamsa”ning keyingi dostonlaridan ajralib turadi.Doston 1483-yilda yaratilga. U 3988 baytdan iborat bo‘lib, Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”, Amir Xusrav Dehlaviyning “Matla’ ul-anvor” hamda Abdurahmon Jomiyning “Tuhfat ul-ahror” dostonlariga javob tariqasida yozilgan. “Hayrat ul-abror” 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan. Navoiy har bir maqolatni ortidan hikoyat keltiib,ularni asoslab beradi. Dostonda keltirilgan maqolatlar orqali Navoiy komil insonga xos adab,qanoat,karam va saxovat,futuvvat,rostlik,vafo kabi xislatlar bilan bog'liq masalalarni bayon etadi. Xullas,asarni o'qishni tavsiya etaman. P.s Seshanba kungi (1-oktabr) viktorinada aynan mana shu asardan 10 ta savollar beriladi,kim ko'p to'g'ri javob bersa, o'sha g'olib bo'ladi va kitob bilan taqdirlanadi(bosh homiy Sadoqat opam kutubxonasi). Barchangizni ushbu viktorinada faol bo'lishga chorlayman. https://www.facebook.com/groups/badiiy/permalink/2467784086623349/?app=fbl