Contenuto
Diqqat, diqqat, diqqat! Yap-yangi loyiha! "KD"da "Intellektual duel"ning yangi mavsumi yangi koʻrinishda! Siz oʻz bilimingiz va bilimdon doʻstlaringizga ishonasiz? Unda hoziroq uch kishilik jamoa tuzib, oʻz guruhingizni nomlang. Haftaning juma va shanba kunlari oʻtkaziladigan "Duel" loyihasida oʻz jamoangiz sharafini himoya qiling va final tomon boshlab boring. Chempionatda jami boʻlib 32 jamoa ishtirok etadi va ular olimpiada uslubida oʻzaro guruhlarda oʻyin olib borishadi. Guruhlarda yaxshi koʻrsatkich koʻrsatgan jamoalar keyingi bosqichlarga yoʻl olishadi. Oʻyin davomida turli xil sohalar boʻyicha jami boʻlib 20 ta savol beriladi. Ana shu savollarga birinchi boʻlib toʻgʻri javob yozgan (birinchi boʻlib javobi koʻringan) jamoaga bir ochko beriladi. Oʻyin soʻnggida esa 5 ochkolik bitta mantiqiy savol beriladi. Futboldagi oʻyin soʻnggida berilgan penaltiday gap. Shu tariqa gʻalaba qozongan jamoaga 3 ball, durrang oʻynagan jamoaga 1 ball va yutqazgan jamoaga esa 0 ball taqdim etiladi. Guruh aʻzolari faqat uch kishidan iborat boʻladi va oʻyin navbati kelganda ikki guruhdan faqat olti kishigina qatnasha oladi. Agar jamoa aʻzolaridan kimdir qatnasha olmasa, oʻyinni ikki kishi oʻtkazishga majbur boʻladi. Agar biror guruhning uch aʻzosi ham qatnasha olmasa unda jamoaga 7:0 hisobida texnik magʻlubiyat yoziladi. Qolgan shartlar guruhlar tuzilib, musobaqa jadvali aniq boʻlgandan keyin batafsil tushuntiriladi. Hozir esa oʻz jamoangizni tuzish uchun sheriklaringiz bu yerga chaqirishni boshlashingiz mumkin. Ushbu chempionatlarni loyihalashtirish uchun homiylarni chorlab qolamiz. Uchrashuvlar davomida sizning reklamalaringiz chop etilishi kafolatlanadi. Demak, barchaga omad tilagan holda, chempionatga start beramiz.