Contenuto
#_taqriz Sir emaski barchamiz dastlabki bilim asoslarini maktab darslaridan o’rganamiz. Tarix ( O’zbekiston va Jahon tarixlari ) huquqshunoslik , konstitutsiyaviy bilim asoslari kabi ijtimoiy – gumanitar fanlarga umuman qiziqmaganman va o’qimaganman hatto bu fanlarga yillar o’tib mehr qo’yishni xayolimga ham keltirmagan edim. So’nggi yillarda siyosatga qiziquvchilar va tizimda mavjud kamchiliklarni izlab topguvchilar sezilarli darajada ko’paydi. Kamina ham bundan bebahra qolmoqni istamadi. Mustaqillikdan keyingi chorak asr davomida biz juda tez dunyoga tanildik, yashash sharoiti yaxshilandi, yakka tartibdagi tadbirkorlik uchun shart-sharoit yaratildi , maktablarning moddiy texnik bazalari yangilandi qaramlik davriga nisbatan mamlakatda ahvol yaxshilandi va quvonarlisi bu juda qisqa fursatda amalga oshdi deb o’ylar edim , vaholanki O’zbekiston SSSR davrida ota-bobolarim ajdodlarim qanday yashaganini o’z ko’zim bilan ko’rmagan edim. Hech bir davlat juda qisqa muddatda bizdek rivojlana olmaydi deb o’ylardim,toki Singapur iqtisodiy mo’jizasi asoschisi Li Kuan Yu hayoti haqida o’qimagunimcha. Buyuk daho hayoti davomida bir necha kitoblar yozgan “Uchinchi dunyo mamlakatidan birinchisiga”, “Bir insonning dunyoga nigohi” kabilar shular jumlasidandir ushbu kitoblarni ham abatta o’qish niyatidaman. Bugun esa professorlarimiz M.A.Raxmatov hamda B.Z.Zaripov tomonidan Li Kuan Yuning faoliyatiga oid lavhalar yoritilgan hamda uning hikmatlari bilan sug’orilgan “Iste’dodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir deb nomlangan risolani tugatdim. Bugunchalik asardan iqtibosalar keltirish bilan cheklanaman chunki Singapurning “asoschi otasi” haqida mustaqil va kengroq fikr bayon etishim uchun u haqida juda-juda ko’p o’rganishim lozim . “ Men faqat Vatanim oldidagi burchimni bajardim. Ko’pchilik mendan Singapurning bugungi taraqqiyoti haqida so’rab, shunday savol berishadi: “Qanday qilib ulkan davlatdan ajralib chiqib , mittigina hudud bilan rivojlangan davlatga aylandinglar? Bu “mo’jiza” ni qanday amalga oshirdingiz?” Ularga javoban shunday dedim : “ men Singapurda mo’jiza yaratmadim. Men faqat Vatanim oldidagi burchimni bajardim, xolos. Davlat byudjetini ta’limga yo’naltirdim. Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga ko’tardim. Davlatdagi mo’jizalarni qilgan insonlar- muallimlardir. Ular ilm axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan kamtar avlodniyetishtirib chiqardilar. Buning uchun ulardan minnatdormiz ! Agar bizda o’sish imkoni bo’lsa-yu ,buni qilmasak – demak ahmoq ekanmiz. Agar mamlakat noto’g’ri boshqarilsa , barcha aqlli odamlar ketib qoladi. Korrupsiya mamlakatning rivojlanishiga xalaqit beruvchi xavf ,deya e’lon qilindi. Bisyor bo’lsa agar bol ham beqadr deganlaridek , so’zimga yakun yasar ekanman ushbu kitobni o’qib chiqishni va daho hikmatlarini amalda qo’llashingizni tilar edim 02.12.2019 D. Imomovna