Contenuto
😊 Assalom-u alaykum, "karantin"da zerikmay o'tiribsizlarmi? Haqiqiy kitobxon uchun bu muddat - haqiqiy bayram. Uncha-muncha kitobni "hazm" qilib tashlaydigan fursat! 🌷Biz sizlar uchun ajoyib tanlov tayyorlab qo'ydik: "Men, bahor va kitob" - fotosuratlar tanlovi. ✅ Tanlov "Kitobxonlar Davrasi" guruhining rasmiy telegram kanalida o'tkaziladi. Ishtirokchilar bahor fasli va shaxsiy mutolaa qilayotgan kitoblarining fotosuratlarini t.me/kitobxonlar_davrasibot ga fayl tarzida yuborishadi va biz uni kanalda e'lon qilib boramiz. Rasmlarnining sifatli va qoidaga mos boʻlishi maqsadga muvofiq. ☑️ Tanlov "Kitobxonlar Davrasi" https://t.me/kitobxonlar_d rasmiy telegram kanalida oʻtkaziladi. Kanalga aʻzo boʻlib olsangiz foydadan holi boʻlmaydi. 🥇 G'oliblar ikki xil bosqichda aniqlanadi: 1️⃣ Eng ko'p "layk" yig'gan uch ishtirokchi; 2️⃣ Guruh adminlari tomonidan aniqlagan eng yaxshi uch ishtirokchi. 📚 Tanlov g'oliblariga quyidagi sovg'alar taqdim etiladi: 🥇 Birinchi o'rinlarga uchta eng yangi chiqqan kitoblar jamlanmasi va "KD" logotipi tushirilgan futbolka va kepka 🥈Ikkinchi o'rinlarga ikkita eng yaxshi kitoblar jamlanmasi va "KD" logotipi tushirilgan futbolka va kepka 🥉Uchinchi o'rinlarga esa bitta zamonaviy bestseller va "KD" logotipi tushirilgan futbolka va kepka 📅 Tanlov aprel oyining 31-kuniga qadar davom etadi va g'oliblar birinchi may kuni e'lon qilinadi. ❓ Qolgan barcha qo'shimcha ma'lumotlarni t.me/kitobxonlar_davrasibot robotidan olishingiz mumkin.