TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #22

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni820Numero di visualizzazioni
Pubblicato5 mag05/05/2019, 17:21
Contenuto del post

Contenuto

#diqqat_tanlov Assalomu alaykum, guruhdoshlar! Ko’pchilik kitobxonlarga ma’lumki, “Asaxiy books” loyihasi ishga tushib, bu loyihada jahon adabiyotining nodir namunalari bilan bizni tanishtirish maqsad qilib qo’yildi. Bugundan shu loyiha bilan hamkorlikda yangi tanlovlarni boshlaymiz. Tanlovlarimiz turli shartlar bilan uzoq vaqt davom etadi. Bu oygi tanlovimiz shartlari bilan tanishing: 1. Ushbu postni o’z sahifangizda ulashing. 2. Asaxiy.uzning Facebookdagi Uzbeklife sahifasiga va telegramdagi https://t.me/asaxiybooks kanaliga a’zo bo’ling 3. Asaxiy.uz internet do’konida sotilgan qaysidir kitob haqida taassurotlaringizni yozing. Asarning yaxshi yoki yomon tomonlarini ko’rsatib bering. (Bu fikrlardan asaxiy.uz o’z saytida foydalanishi mumkin). Tanlovga taassurotlaringizni 31-may soat 22.00 ga qadar #asaxiytanlov heshtagi bilan jo’natishingiz kerak. G’olib guruh boshqaruvchilari tomonidan aniqlanib 1-iyun kuni e’lon qilinadi. G’oliblarga asaxiy.uzning 20 kitobdan iborat bestsellerlari sovg’a qilinadi. Tanlovda birinchi va ikkinchi o’rinni egallagan ishtirokchilarga dastlabki kitoblardan beshtadan, random orqali tanlangan ikki g’olibga esa navbatdagi kitoblardan beshtadan beriladi. Barchani ushbu tanlovga taklif qilamiz. Hammaga omad!